Afgʻonistonda namoz oʻqiyotganlarni nishonga olgan hujum uyushtirildi

Kecha Afgʻonistonda namoz oʻqiyotganlarni nishonga olgan qurolli hujum uyushtirildi.

2133909
Afgʻonistonda namoz oʻqiyotganlarni nishonga olgan hujum uyushtirildi

Afgʻonistonning Hirot viloyatidagi jome’ masjidlaridan birida namoz oʻqiyotganlarni nishonga olgan qurolli hujumda 6 kishi halok boʻldi.

Tolibon yetakchiligi Ichki Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Abdul Kani Metin mavzu haqida ijtimoiy tarmoq hisobi orqali bayonot berdi.

Ushbu bayonotga koʻra, Hirot viloyatining Guzera tumanida kecha oqshom paytlarida oʻq ovozi eshitilgan. Mahalliy vaqt bilan soat 21:00 chogʻlarida, kalashnikov avtomati orqali jome’ masjiidga qarshi oʻq uzilgan. Oqibati esa 6 kishi umriga zomin boʻlgan.

Metin, keyinroq voqea haqida batafsil bayonot berilishini ifoda etdi.

TOLO News kanali esa shialarga oid jome’ masjidiga qarsh uyushtirilgan hujumda 7 kishi halok boʻlganini bildirdi. Ular orasida jome’ masjidi imomi ham borligi qayd etildi.

Hozircha hech kim hujum javobgarchiligini o‘z zimmasiga olmadi.

Afgʻonistonda DEASh terror tashkiloti vaqti - vaqti bilan ayniqsa shia hazoralariga qarshi hujumlar uyushtirmoqda.



Aloqador xabarlar