Gʻarbiy sohilda nazorat ostiga olingan falastinliklar soni ortdi
Gʻarbiy sohilda Isroil politsiyasi tomonidan nazorat ostiga olingan falastinliklar soni ortdi.
Ishgʻol ostidagi Gʻarbiy sohilda Isroil politsiyasi tomonidan 7 - oktabrdan beri nazorat ostiga olingan falastinliklar soni 8 ming 515 nafarga yetdi.
Falastin Ozodlik tashkilotiga qarashli falastinlik asirlar boʻyicha hay’at bilan falastinlik asirlar jamiyati tomonidan yozma ravishda berilgan qoʻshma bayonotda, “Isroil ishgʻol kuchlari, haftaning dushanba kuni oqshomidan seshanba kuniga qadar Gʻarbiy sohilda kamida falastinlik yana 10 kishini nazorat ostiga oldi”, - degan ifodalarga oʻrin berildi.
Bayonotda Tulkarim, Baytullohim, Arixa va Ramalloh shaharlaridagi asirlar ham doxil oʻtgan 2023 – yilning 7 - oktabridan beri nazorat ostiga olingan falastinliklar soni 8 ming 515 nafarga yetgani bildirildi.
Nomi tilga olingan statistik ma’lumotlar, 7 - oktabrdan beri qoʻlga olingan va keyinchalik ozod etilganlarni ham oʻz ichiga olmoqda.