Isroil falastinliklarga oid yerni egallab oldi

Al – Halil munitsipaliteti, Isroil ishgʻol ma’muriyatining shahar shimolidagi al - Buvayra hududida Falastin fuqarolariga oid 64 gektar yerni tortib olish maqsadida harbiy qaror chiqarganini ma’lum qildi.

2128841
Isroil falastinliklarga oid yerni egallab oldi

Isroil ishgʻol etgan Gʻarbiy Sohildagi al – Halil shahrida yangi yahudiy mintaqasi tashkil etish maqsadida falastinliklarga oid 64 gektar yerni egallab oldi.

Al – Halil munitsipaliteti mavzu haqida bergan bayonotida, Isroil ishgʻol ma’muriyatining shahar shimolidagi al - Buvayra hududida Falastin fuqarolariga oid 64 gektar yerni tortib olish maqsadida harbiy qaror chiqarganini ma’lum qildi.

Mazkur qarorning Gʻazo sektoridagi urush avj olgan bir paytda qabul qilinganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, yerning noqonuniy ravishda yahudiy koʻchmanchilar uchun foydalanilishi ta’kidlandi.

Al – Halil munitsipaliteti, nomi tilga olingan harbiy qaror orqali mintaqadagi 8 ming kishilik Falastin aholisining majburiy yoʻllar bilan koʻchirilishi uchun tayyorgarlik koʻrilganini bildirib, mintaqadagi 800 gektar yerning tortib olinishi haqida ogohlantirdi.

Qaror ortidan Halil shahridagi rasmiy muassasalar va nodavlat tashkilotlar yigʻilish oʻtkazdi. Unda, mintaqadagi vaziyat yaqindan kuzatilishi va mintaqada taranglik yaratgan qonunbuzarliklarni toʻxtatish uchun masalani zudlik bilan qonuniy ravishda hal qilishga chaqirildi.



Aloqador xabarlar