Afg‘onistonda yigirma daqiqa ichida ikki marotaba yer silkinishi qayd etildi

Afg‘onistonning Hirot viloyatida, yigirma daqiqa ichida ikki marotaba yer silkinishi qayd etildi.

2051175
Afg‘onistonda yigirma daqiqa ichida ikki marotaba yer silkinishi qayd etildi

Afg‘onistonning Hirot viloyatida sodir bo‘lgan 6,3 va 5,4 magnitudali yer silkinishlarida, ilk aniqlashlarga ko‘ra bir kishi halok bo‘lgan, 35 kishi tan jarohati olgan.

Hirot viloyatinnig shimolida 6,3 magnitudali birinchi yer silkinishi, yerning 6 kilometr chuqurligida sodir bo‘ldi.

Birinchi yer silkinishidan taxminan 20 daqiqa o‘tgach, viloyat shimolida 5,4 magnitudali ikkinchi yer silkinishi qayd etildi.

Ilk ma’lumotlarga ko‘ra voqea oqibatida 1 kishi halok bo‘lgan, 35 kishi tan jarohati olgan.

O‘tgan hafta Hirotda 6,3 magnitudali yer silkinishi ro‘y berib, 2 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Afg‘oniston , #Hirot , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar