Indoneziyaning Sumatra provinsiyasida suv toshqinlari oqibatida qurbonlar soni 41 nafarga yetdi

Indoneziyaning G‘arbiy Sumatra provinsiyasida suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 41 nafarga yetdi.

2138746

Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi matbuot kotibi Abdul Muhariyning aytishicha, toshqin 200 ga yaqin uyni suv ostida qoldirgan va ba'zi binolar jiddiy zarar ko'rgan.

G'arbiy Sumatra tabiiy ofat oqibatlarini yumshatish agentligi prezidenti Ilhom Vahob ham qidiruv-qutqaruv xodimlari mintaqada ko'proq jasad topgani va qurbonlar soni 41 nafarga yetganini aytdi.

Yo'qolgan 17 kishi uchun qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganini bildirgan Vahob, yomon ob-havo sharoiti ishga to'sqinlik qilganini qayd etdi.

Merapi vulqonining otilishi natijasida to'plangan toshlar, kul va tuproq uyumi musson yomg'irlari tufayli siljigan va odamlarning qurbon bo'lishiga sabab bo'lgan.

Aloqador xabarlar