Belgorod hujumi 12 kishi umriga zomin boʻldi

Ukraina armiyasi tomonidan Rossiyaning Belgorod shahriga qarshi hujum uyushtirilgani qayd etilmoqda.

2138590
Belgorod hujumi 12 kishi umriga zomin boʻldi

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ukraina armiyasi tomonidan Belgorod shahriga qarshi uyushtirilgan hujumda 12 kishi halok boʻlganini ma’lum qildi.

Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov, o‘zining Telegram kanali orqali mavzu haqida bergan bayonotida, halok boʻlganlardan tashqari 20 kishi tan jarohati olganiga e’tibor qaratdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda esa, Ukraina armiyasining Belgorod shahriga qarshi terror hujumi uyushtirgani ta’kidlandi.

Kremlning Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskovning qayd etishicha, Davlat rahbari Vladimir Putinga Belgorod shahridagi vaziyat ustidan xabar berilgan.

Tashqi Ishlar vaziri Matbuot xizmati kotibi Mariya Zaxarova esa, Telegram kanali orqali, «Hujumlar ortida Kiyev yetakchiligi bilan Gʻarb bor» - degan ifodalarga oʻrin berdi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina , #Belgorod

Aloqador xabarlar