Nigeriyada vabo epidemiyasi tufayli 94 kishi vafot etdi

Joriy yil yanvar oyidan buyon mamlakatda 2 ming 860 kishida vabo kasalligi kuzatilgan.

2042133
Nigeriyada vabo epidemiyasi tufayli 94 kishi vafot etdi

 

G'arbiy Afrika davlatlaridan biri Nigeriyada bu yil vabo epidemiyasida hayotdan ko'z yumganlar soni 94 nafarga yetdi.

Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish markazi (NCDC) tomonidan berilgan bayonotda, o'tgan oyda mamlakatning 23ta viloyatida 201 ta vabo kasalligiga chalinish holati aniqlangani qayd etildi.

Yanvar oyidan buyon mamlakatda 2 ming 860 kishida vabo kasalligi kuzatilgan, epidemiya tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 94 nafarga yetgan.

"Vibrio" bakteriyalari keltirib chiqaradigan va oziq-ovqat hamda suv orqali yuqadigan vabo diareya keltirib chiqaradi va organizmda suvsizlanishga olib keladi.

Agar davolanmasa, kasallik o'limga olib kelishi mumkin.

Nigeriyada toza suv yetishmasligidan tashqari, samarali tibbiy muolajaning yo'qligi kasallik va o'lim xavfini oshiradi.

Mamlakatda bezgak, poliomielit, tif va maymunchechak virusi kabi epidemik kasalliklar ham tez-tez uchrab turadi.


Tanlangan kalimalar: #vabo , #Nigeriya

Aloqador xabarlar