Gretsiyadagi sel xalq salomatligini xavf ostiga qo‘ymoqda

Gretsiyada o‘tgan hafta sodir bo‘lgan sel falokati, xalq salomatligini xavf ostiga qo‘ymoqda.

2037053
Gretsiyadagi sel xalq salomatligini xavf ostiga qo‘ymoqda

Gretsiyada o‘tgan hafta sodir bo‘lgan va 14 kishining hayotiga zomin bo‘lgan suv toshqini, xalq salomatligini jiddiy xavf ostiga qo‘yayotgani bildirildi.

O‘tgan hafta Fessaliya mintaqasida, ayniqsa Larisa, Volos, Pilio, Trikala va Kardichada o‘nlab aholi punktlarining suv ostida qolishiga yo‘l ochgan sel, shaharning asosiy suv va kanalizatsiya tarmog‘iga ham jiddiy ziyon yetkazdi.

Gretsiyaning «ERT» milliy telekanaliga intervyu bergan Afina universiteti Epidemiologiya sohasi bo‘yicha mutaxassis, professor doktor Gikas Mayorkinis, mintaqa aholisi loyqa suvlar yuzasidan gastroenterit, gepatit va leptospiroz kabi kasalliklarga chalinishi mumkinligini bildirdi.

Mayorkinis kasallik tarqatish ehtimoli yuqori bo‘lgani sababli, mahalliy aholini o‘lik hayvonlardan uzoq turishga chaqirdi.

Sel tufayli chivinlar sonining birdaniga ortishi mumkinligini qayd etgan Mayorkinis, G‘arbiy Nil virusi holatlarida ham ortish kuzatilish ehtimoli borligini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Gikas Mayorkinis , #suv toshqini

Aloqador xabarlar