Pekinda sodir bo‘lgan suv toshqini 33 kishining umriga zomin bo‘ldi

Xitoyda sodir bo‘lgan kuchli bo‘ron va yomg‘ir suv toshqinlariga yo‘l ochdi.

2022567
Pekinda sodir bo‘lgan suv toshqini 33 kishining umriga zomin bo‘ldi

Xitoy poytaxti Pekinda sodir bo‘lgan suv toshqinida 33 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi bedarak yo‘qoldi.

Xitoyda sodir bo‘lgan kuchli bo‘ron va yomg‘ir suv toshqinlariga yo‘l ochdi.

Poytaxt Pekinda 8-avgust kuni yarim tundan beri qurbonlar soni 33 nafarga yetdi.

Xitoy matbuoti 18 kishi bedarak yo‘qolganini, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.

Mamlakatda 1 million 290 ming kishi toshqindan ziyon ko‘rgani, 59 ming uy yiqilgani va 147 ming uy jiddiy ravishda ziyon ko‘rgani qayd etildi.



Aloqador xabarlar