Kanadada yuz bergan kuchli bo'ron tufayli ikki kishi halok bo'ldi

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo, agar kerak bo'lsa, Kvebek va Ontarioga federal yordam berilishi mumkinligini aytdi.

1971412
Kanadada yuz bergan kuchli bo'ron tufayli ikki kishi halok bo'ldi

 

Kanadaning Kvebek va Ontario provinsiyalariga ta'sir qilgan kuchli bo'ron tufayli ikki kishi halok bo'ldi.

Kvebek bosh vaziri Fransua Legal qulagan daraxt ostida bir kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Ontarioda bir kishi qulab tushgan daraxt shoxlari ostida vafot etgan.

Kvebek va Ontario provinsiyalariga ta'sir ko'rsatgan bo'ron tufayli 1 milliondan ortiq odam elektrsiz qoldi.

Hydro Quebec elektr shirkati tomonidan qilingan bayonotda, elektr ta'minotidagi uzilishlarning 70 foizi ertaga oqshomgacha hal qilinishiga harakat qilingani bildirildi.

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo, agar kerak bo'lsa, Kvebek va Ontarioga federal yordam berilishi mumkinligini aytdi.

"Bu juda og'ir lahza... Elektr ta'minoti uzildi, daraxtlar quladi, binolar va transport vositalariga zarar yetdi. Afsuski, bularning barchasi tashvish uyg'otmoqda. Siz bu go'zal daraxtlar qulayotganini va hayotga zarar yetkazayotganini ko'rdingiz. Bu ko'plab oilalar uchun eng og'ir Pasxa haftasi bo'ldi" deydi u.

Kanada meteorologiya xizmati kuchli bo‘ronlar, tezligi soatiga 90 kilometrgacha bo‘lgan kuchli shamol, do‘l va chaqmoqlar haqida ogohlantirdi.


Tanlangan kalimalar: #Kanada

Aloqador xabarlar