Niderlandiya Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligini yopmoqchi

"Rossiya josuslarini diplomat sifatida ko'rsatib, Niderlandiyaga joylashtirish harakatlarini davom ettirmoqda",-deyiladi hukumat bayonotida.

1948392
Niderlandiya Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligini yopmoqchi

 

Niderlandiya hukumati mamlakatning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi yopilishini e'lon qildi.

"Rossiya josuslarini diplomat sifatida ko'rsatib, Niderlandiyaga joylashtirish harakatlarini davom ettirmoqda",-deyiladi hukumat bayonotida.

Bundan tashqari, Rossiya Niderlandiyaning Moskvadagi elchixonasi va Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasiga tayinlangan diplomatlarga viza bermaganligi qayd etildi.

Ba'zi rus diplomatlar Niderlandiyani tark etishi kerakligi ma'lum qilindi. Chunki ularning soni belgilangandan ko'pchilikni tashkil qiladi.

Bayonotda, deportatsiya qilinadigan rossiyalik diplomatlarga mamlakatni tark etishlari uchun 2 hafta muhlat berilgani va Rossiyaning Amsterdamdagi savdo idorasining 21-fevraldan boshlab yopilishi bildirildi.

Bayonotda, Rossiya viza bermagani sababli, Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligiga tayinlash uchun yetarli mahalliy kadrga ega bo‘lmagan Niderlandiya 20-fevraldan boshlab konsulxonani yopishi ma’lum qilindi.

Rossiya 24 fevral kuni Ukrainaga hujum uyushtirganidan bir oy o‘tib josuslik qilgan 17 nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborgan Niderlandiyaga javoban 15 nafar golland diplomatini chiqarib yuborgandi.


Tanlangan kalimalar: #Niderlandiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar