Afgʻonistonda tabiiy ofat yuzasidan har yili yuzlab inson halok boʻlmoqda

Afgʻonistonning Turkmaniston chegarasida joylashgan Faryob viloyatida sodir boʻlgan suv toshqinlari oqibatida kamida 18 kishi halok boʻldi.

2141312
Afgʻonistonda tabiiy ofat yuzasidan har yili yuzlab inson halok boʻlmoqda

Afg‘onistondagi suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 400 nafarga yaqinlashdi.

Afgʻonistonning Turkmaniston chegarasida joylashgan Faryob viloyatida sodir boʻlgan suv toshqinlari oqibatida kamida 18 kishi halok boʻldi.

Mamlakatning shimoliy qismida, oxirgi haftalarda qayd etilgan kuchli yogʻingarchilik oqibatida paydo boʻlgan suv toshqinlarida esa halok boʻlganlarning jami soni 400 nafarga yetdi.

Bundan tashqari ikki ming gektardan ortiq qishloq xoʻjaligi yerlari yaroqsiz holga kelar ekan,  1000 dan ortiq uy vayron boʻldi, 300 dan ortiq hayvon nobud boʻldi.

G‘or viloyatidagi ogʻir yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida esa kamida 50 kishi halok bo‘lar ekan, o‘nlab inson bedarak yo‘qolgani ma’lum qilindi.

Afg‘oniston shimolidagi Bog‘lon, Badaxshon va Tahar viloyatlarida o‘tgan hafta sodir bo‘lgan suv toshqinlari katta yoʻqotishlarga yoʻl ochgan edi.

Ushbu toshqinlarda 300 dan ortiq inson halok boʻlgandi.

Afgʻonistonda qish oylarida yoqqan qorning havo isishi bilan erishi, kuchli yomgʻir va infratuzilmaning yetarli darajada emasligi natijasida sodir boʻlgan suv toshqinlari, insonlarning halok boʻlishi va ularning mol - mulkini yoʻqotishiga sabab boʻlmoqda. Shu sababli mamlakatda har yili yuzlab insonlar hayotdan koʻz yummoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg‘oniston , #Faryob , #suv toshqinlari

Aloqador xabarlar