Raisiy karvonidagi vertolyotlardan biri halokatga uchradi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan ikki davlat chegarasidagi to‘g‘on ochilishida ishtirok etgan Prezident Raisiyning karvonidagi vertolyotlardan biri halokatga uchradi.

2141370
Raisiy karvonidagi vertolyotlardan biri halokatga uchradi

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy karvonidagi vertolyotlardan biri halokatga uchradi.

Eron davlat televideniyasi xabariga ko‘ra, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan ikki davlat chegarasidagi to‘g‘on ochilishida ishtirok etgan Prezident Raisiyning karvonidagi vertolyotlardan biri halokatga uchragan.

Yarim rasmiy «Tesnim» axborot agentligi, halokatga uchragan vertolyotda Raisiy ham bo‘lganini ma’lum qildi.

Fors xabar agentligi, Raisiyni olib ketayotgan vertolyotning qattiq tuman yuzasidan majburan yerga qo‘ngani va Raisiyning Tabrizga bo‘lgan safarini quruqlik yo‘li orqali davom etganini bildirdi.

Davlat televideniyesi ham Raisiyni olib ketayotgan vertolyotning yerga qo‘ngani va halokat yuz bergan mintaqaga yordam beruvchi guruhlar yuborilganini ma’lum qildi.

Raisiyning karvonida 3 ta vertolyot bo‘lganiga e’tibor qaratildi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Ibrohim Raisiy , #halokat , #vertolyot

Aloqador xabarlar