Londondagi Trafalgar maydonida zilzilalarda qurbon bo’lganlar uchun xotira tadbiri uyushtirildi

Angliyaning poytaxti Londondagi Trafalgar maydonida “asr falokati” deya ta’riflangan Qahramanmarosh markazli zilzilalarda Turkiyaning 11 viloyati bilan bir qatorda Suriyada qurbon bo’lganlar uchun xotira tadbiri uyushtirildi.

1947860

Suriyadagi  falokatga yordam berish chodirga  avvalroq Qirol Charlz III va Tashqi ishlar vaziri Jeyms Cleverly tashrif buyurgan maydonda mahalliy vaqt bilan soat 19.00da uyushtirilgan tadbirda zilzilada hayotini yuqotganlar uchun sham yoqildi.

Xotira tadbirida Londonning ramziy maydonlaridan biri Trafalgardagi 52 metrlik Nelson ustuniga  “Suriya va Turkiyaning yonidamiz” degan xabar aks ettirildi.

Tadbir so‘ngida zilzila qurbonlari uchun ham yordam yig‘ildi.

Aloqador xabarlar