JSST: 15 million o‘lim holatining bevosita yoki bilvosita Covid-19 bilan aloqasi bor

JSST, so‘nggi ikki yil ichida Covid-19 tufayli “qo‘shimcha o‘lim nisbati” hisob-kitobi natijalarini bo‘lishdi.

1822681
JSST: 15 million o‘lim holatining bevosita yoki bilvosita Covid-19 bilan aloqasi bor

Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti (JSST) 2020 va 2021 yillari taxminan 15 million deb qayd etilgan o‘lim holatlarining yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi bilan bevosita yoki bilvosita aloqasi borligini ma’lum qildi.

JSST tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, so‘nggi ikki yil ichida Covid-19 tufayli “qo‘shimcha o‘lim nisbati” hisob-kitobi natijalari bo‘lishildi.

Maʼlum qilinishicha, qoʻshimcha oʻlim nisbati bevosita Covid-19 yoʻl ochgan oʻlimlardan tashqari virusning sogʻlikni saqlash tizimi va jamiyatga salbiy taʼsiri tufayli ogʻirlashgan yoki davolash qiyin boʻlgan kasalliklardan kelib chiqqan oʻlimlarni ham nazarda tutgan holda hisoblangan.

Ushbu hisob-kitoblarga ko‘ra 2020-yilning 1-yanvaridan 2021-yilning 31-dekabrigacha Covid-19, dunyo bo‘ylab, bevosita va bilvosita kamida 13,3 million eng ko‘p 16,6 milliongacha inson umriga zomin bo‘lgan.

Qo‘shimcha o‘lim holatlarining 84 foizi JSSTning Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa va Amerika mintaqalarida aniqlangan bo‘lsa, jami o‘lim holati sonining 68 foizi faqatgina 10 mamlakatda qayd etilgan.

Qo‘shimcha o‘lim holatlarining umumiy sonining 81 foizini o‘rtacha daromadga ega bo‘lgan mamlakatlar, 4 foizini past daromadli mamlakatlar, 15 foizini esa yuqori daromadli mamlakatlar tashkil etgan.

Halok bo‘lganlardan 57 foizi erkaklar 43 foizi esa ayollar ekani aytilmoqda.

JSST Bosh direktori doktor Tedros Adhanom Gebreyesus ushbu natijalarni baholar ekan, “Natijalar global pandemiyaning ta’sirini ochiq-oydin o‘rtaga qo‘ydi”,-dedi va bunga qo‘shimcha sifatida:

“A’zo davlatlar, inqiroz davrida eng asosiy tibbiy xizmatlarni bera oluvchi kuchli sog‘likni saqlash tizimiga sarmoya kiritishlari kerak”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Gebreyesus, sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash masalasida JSSTning a’zo davlatlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettishda qarorli ekanini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.  

 


Tanlangan kalimalar: #JSST , #o‘lim holatlari , #Covid-19

Aloqador xabarlar