Kobuldan takror chet el fuqarolari bilan afgʻonistonliklarni evakuatsiya qilish ishlari boshladi

Kobuldagi “Hamid Karzai” nomidagi xalqaro aeroport yaqinida kecha ikki boshqa nuqtada portlash yuz bergandi.

1698620
Kobuldan takror chet el fuqarolari bilan afgʻonistonliklarni evakuatsiya qilish ishlari boshladi

Afgʻoniston poytaxti Kobuldagi “Hamid Karzai” nomidagi xalqaro aeroport hududida kecha uyushtirilgan teraktlardan soʻng mamlakatdagi chet el fuqarolari bilan afgʻonistonliklarni evakuatsiya qilish ishlari qayta boshladi.

Kobul aholisi bugun ertalabdan beri Kobul aeroportidan bir nechta uchoq qatnay boshlaganini ma’lum qildi.

Afgʻonistondagi mahalliy telekanallardan Tolo Tv, aeroport tashqarisida kutganlar sonining ortganiga doir tasvirlar ham boʻlishdi.

Evakuatsiya faoliyatlari davom etgan poytaxt Kobuldagi “Hamid Karzai” nomidagi xalqaro aeroport yaqinida kecha ikki boshqa nuqtada portlash yuz bergandi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden mavzu haqida bergan bayonotida, hujumni uyushtirganlarni topishdan voz kechmasligi va undan mutlaqo oʻch olishini ta’kidlagandi.

Bayden,

“Hujum DEASh/ Xuroson degan nom bilan tanilgan guruh tomonidan amalga oshirildi”. - degan ifodalarga ham oʻrin bergandi.

Oxirgi haftalarda DEASh/ Xurosonning Kobuldagi aeroportga qarshi hujum qilishi haqida ma’lumot olganliklari, shu bois ham Afgʻonistondagi vazifalarini 31-avgustga qadar tamomlashda qarorli ekanliklarini qayd etgandi.

BBC, hujum qurbonlari sonining 90 nafarga yetgani va kamida 150 kishining esa tan jarohati olganini ma’lum qilgandi.

AQSh Markaziy kuchlar (CENTCOM) voizi polkovnik Bill Urban, terror hujumlarida jon bergan AQSh harbiylari sonining 13 nafarga, tan jarohati olganlar sonining esa 18 nafarga yetganini ma’lum qilgandi.

Kim ekani haqida aniq ma’lumot bermagan Tolibon yetakchisi esa 28 Tolibon a’zosining halok boʻlganini qayd etdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afgʻoniston , #Kobul , #evakuatsiya , #Hamid Karzai

Aloqador xabarlar