Tolibon: Bunday muvaffaqiyatni bunchalik tez va oson qoʻlga kiritishimizni kutmayotgandik

Mulla Abdul Gʻani Tolibonning Afgʻoniston tuproqlarining deyarli hammasida, xususan poytaxt Kobulda hukmronlik qilishi haqida bayonot berdi.

1691788
Tolibon: Bunday muvaffaqiyatni bunchalik tez va oson qoʻlga kiritishimizni kutmayotgandik

Tolibonning Qatardagi siyosiy byurosi rahbari Mulla Abdul Gʻani Biraderning qayd etishicha, ular Afgʻonistonda oʻz maqsadlariga bunchalik tez erishishni kutmayotgandi.

Mulla Abdul Gʻani Tolibonning Afgʻoniston tuproqlarining deyarli hammasida, xususan poytaxt Kobulda hukmronlik qilishi haqida bergan bayonotida:

“Bunday muvaffaqiyatni bunchalik tez va oson qoʻlga kiritishimizni kutmayotganimizni aytishim lozim”. - dedi.

Shuningdek Abdul Gʻani,

“Biz takabburlik qilmasligimiz kerak. Bugungacha hech boʻlmagandek ogʻir javobgarchiligimiz boʻladi zimmamizda. Hozir imtixon vaqti. Endilikda yurtimiz insonlariga xizmat qilish, ularning xavfsizligi va hayot sharoitini yaxshilash jihatidan katta sinovdan oʻtyapmiz. Insonlarni qutqarib, ular kelajagini himoya qilishimizga koʻndirishimiz zarur”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Tolibonning Qatardagi siyosiy byurosi matbuot kotibi Muhammad Naim ham Kobuldagi elchixonalar, diplomatik vakolatxonalar va chet el fuqarolari uchun hech qanday xavf yoʻqligini ta’kidlab, mamlakatda xavfsizlikni ta’minlashlarini qayd etdi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) bilan Tolibon oʻrtasida 2020-yilning fevral oyida tuzilgan tinchlik kelishuvi doirasida, xalqaro kuchlarning Afgʻonistonni tark etish jarayoni boshlangandi.

Kelishuvda xorijiy kuchlarga hujum qilmaslik nazarda tutilar ekan Afgʻoniston hukumati bilan Qatardagi muzokaralarni davom ettirayotgan Tolibon, bir vaqtning oʻzida iyun oyidan beri avj olgan hujumlari orqali Afgʻonistonda bir necha viloyat markazini tezlik bilan bosib oldi.

Kecha poytaxt Kobul atrofini qurshab olgan Tolibon, Prezident Ashraf Gʻanining mamlakatni tark etishi va hukumat kuchlarining poytaxtdan chiqib ketishi bilan nomi tilga olingan hududni ham nazorati ostiga ola boshladi.



Aloqador xabarlar