Yaponiyaning Sapporo shahrida 3 qavatli qariyalar uyida yong'in sodir bo'ldi

Ma'lum qilinishicha, yong'in oqibatida 11 kishi halok bo'lgan, 3 kishi yaralangan.

901345
Yaponiyaning Sapporo shahrida 3 qavatli qariyalar uyida yong'in sodir bo'ldi

Yaponiyaning Sapporo shahridagi 3 qavatli qariyalar uyida 1 fevralga o'tar kechasi dahshatli yong'in sodir bo'ldi.

Ma`lum qilinishicha, yong'in oqibatida 11 kishi halok bo'lgan.

NHK telekanalining xabariga ko’ra, mamlakat shimolidagi Hokkaido orolida ro’y bergan hodisa 31 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:40da sodir bo’lgan.

Voqeada yaralangan 3 kishi shifoxonaga yotkizilgan.

Tunda sodir bo’lgan yong'inning kelib chiqish sababi hozircha ma’lum emas.

Voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.



Aloqador xabarlar