Bamiya urug’i va uning foydalari

Bamya ko'plab ozuqaviy moddalarga boy bo’lib, u ayniqsa C va K vitaminlariga juda boy hisoblanadi. Bu sabzavot noyobdir, chunki u ko'plab boshqa meva va sabzavotlarda yetishmaydigan oziq moddasi - oqsilni beradi.

2061119
Bamiya urug’i va uning foydalari

 

Bamiya urug'i nima?

Hozirgi kunda xalq orasida mashhur bo’lgan bamya o‘simligidan olinadigan bamya urug‘i tolaga boy. Bamya urug'lari sabzavot pishganidan keyin hosil bo'ladigan mayda, to'q qizil yoki jigarrang urug'lardir. Bamya urug'lari mevasidan ajratiladi va quritiladi.

 

Bamiya urug’ining foydalari nimalardan iborat?

  1. Immunitet tizimini mustahkamlaydi

Bamya ko'plab ozuqaviy moddalarga boy bo’lib, u ayniqsa C va K vitaminlariga juda boy hisoblanadi. Bu sabzavot noyobdir, chunki u ko'plab boshqa meva va sabzavotlarda yetishmaydigan oziq moddasi - oqsilni beradi.

Bamya tarkibidagi sog'lom tolalar ichaklar uchun juda zarur bo'lgan yaxshi bakteriyalarni oziqlantiradi, viruslar va infektsiyalarga qarshi immunitetni shakllantiradi.

  1. Yurak salomatligini yaxshilaydi.

Magniyning qon bosimini pasaytirish va yurak sog'lig'iga ta'siri barchaga ma'lum. Bamiya urug'lari magniy manbai hisoblanadi. Magniyga boy oziq-ovqatlarni iste'mol qilish yurak xuruji va insult kabi yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi.

  1. Xolesterin miqdorini nazorat qilishga yordam beradi

Xolesterinni pasaytiradigan oziq-ovqatlar qatoriga kiruvchi bamiya urug'lari tarkibida jelga o'xshash qalin modda mavjud bo'lib, u so'rilishdan ko'ra ovqat hazm qilish paytida tanadan tashqariga chiqishiga imkon beradi. Shunday qilib, bamya urug'lari xolesterolni kamaytirishda foydali rol o'ynaydi.

  1. Ko’z salomatligini himoya qiladi.

Tarkibidagi A vitamini va beta-karotin tufayli ko'z bilan bog'liq kasalliklarni oldini oladi. Ayniqsa, ko’z pardasini himoya qilishda muhim rol o'ynaydi.

  1. Buyrak kasalliklarini oldini olishga yordam beradi  

Bamiya buyrak kasalliklariga qarshi himoya ta'siriga ega. U ayniqsa diabet bilan og'rigan bemorlarda uchraydigan buyrak shikastlanishiga qarshi iste'mol qilinishi mumkin. Boshqa tomondan, bamya tarkibidagi ba’zi moddalar afsuski, buyrak toshlarining shakllanishiga ham yo'l ochishi mumkin.

  1. Saraton kasalligiga qarshi kurashadi

Antioksidantlarga boy bo’lgan bamiya saratonga olib kelishi mumkin bo'lgan erkin radikallarga qarshi kurashda hujayralarni qo'llab-quvvatlashi mumkin. Bamiya tarkibida lektin deb nomlangan oqsil mavjud bo'lib, u saraton kasalligini oldini olish va davolashdagi o'rni bo'yicha o'rganilmoqda. Bamiya antioksidantlarga boy bo’lgani uchun jiddiy kasalliklar xavfini kamaytiradi, yallig'lanishni oldini oladi va sog'lig'ingizni yaxshilaydi. Eng muhimi, uning tarkibida yurak va miya sog'lig'iga hissa qo'shadigan polifenollar mavjud.

  1. Taranglik va stressni oldini oladi 

Unutuvchanlik va diqqatni jamlashda qiyinchiliklarga duchor bo'lganlar, uyqusizlik va stress kabi muammolari bo'lganlarga bamiya urug'ini iste’mol qilish tavsiya etiladi..

  1. Ichaklarni tozalaydi va ozishga yordam beradi

Bamiya urug'i metabolizm tezligini oshiradi, chunki u ichaklarni bo'shashtirishda samarali. Tolaga boy tarkibi tufayli iste'mol qilinganda sizni to'q tutadi. Shu sababli bamiya urug'i tez vazn yo'qotishda samaralidir.  Bamiya urug'lari past kaloriya qiymatiga ega bo’lib, u sog'lom tarzda vazn yo'qotishga yordam beradi.

  1. Tizza og’rig’ini davolashda ishlatiladi

Ayniqsa, tarkibidagi K vitamini tufayli suyak salomatligini yaxshilash va suyaklarni tiklashda samarali. bamiya urug'i muntazam ravishda iste'mol qilinganda osteoporoz va suyak kasalliklari xavfini kamaytirishi mumkin.

Bamya urug'lari tizzada suyuqlik yo'qotilishini oldini olish uchun samaralidir. Tizza og’riqlari ayniqsa keksalarda ko’p uchraydi. Shuning uchun tizza og'rig'iga duchor bo'lgan odamlar bamiya urug'idan foydalanishadi. Tizza og'rig'iga duchor bo'lgan odamlar bamiya urug'ini xom, pishirilgan yoki kukun shaklida iste'mol qilishlari mumkin.

Taxminan 9-10 dona bamiya urug'ini suvda ivitib keyin iste'mol qilish mumkin. Choy sifatida qaynatib yoki qatiq bilan aralashtirib yeyishlari ham mumkin. Biroq, uni kukunga aylantirib, ovqatlarda ham ishlatish mumkin.

  1. Jigar salomatligini himoya qiladi

Bamiya urug'lari jigarni himoya qiladi va uning yaxshi ishlashiga yordam beradi. Ayniqsa, tabiiy muolama usullaridan foydalanmoqchi bo’lganlar uchun bamiya urug'ini iste'mol qilishlari tavsiya etiladi.

  1. Diabetni oldini olishga yordam beradi

Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bamiya qon shakariga barqarorlashtiruvchi ta'siridan tashqari, qondagi qand miqdorini pasaytiradi, bu diabetni oldini olish uchun imkoniyat bo'lishi mumkin.

  1. Astma uchun tabiiy yechim

Bamiya urug'i kukunga aylantirilib asal va zaytun moyi bilan aralashtiriladi. Bu xamirga o'xshash aralashma bronxit va astmani oldini olishda samaralidir.

 

Bamya urug'ini qanday iste'mol qilish kerak?

Bamiya sabzavoti ichidagi mayda urug'lar bamiya urug'i deb ataladi. Bamiya urug'ini don sifatida iste'mol qilish mumkin yoki ularni kukunga aylantirib, oziq-ovqat bilan iste'mol qilish mumkin. Bamiya urug'ini kukunga aylantirganda, unga issiq suvga solib, ichish mumkin. Bundan tashqari, yogurt va boshqa mahsulotlar bilan iste’mol qilish ham mumkin.

Bundan tashqari, xona haroratida 9-10 dona bamiya bargini suvga solib, uni ichishingiz mumkin.

Allergiyaga moyil insonlar, surunkali kasalliklarga chalinganlar, har kuni muntazam dori-darmonlarni qabul qiladiganlar va homilador ayollar shifokor bilan maslahatlashgan holda bamiya urug'idan foydalanishlari kerak.

K vitamini qon ivishiga yordam beradi va bamiya tarkibidagi K vitamini qonni suyultiruvchi dorilar bilan o'zaro ta'sir qilishi mumkin. Qonni suyultiruvchi vositalardan foydalanadiganlar ehtiyot bo'lishlari va bamiyani dietaga kiritishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari zarur.

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.


Tanlangan kalimalar: #bamiya

Aloqador xabarlar