Diareyada nima qilish va qanday ovqatlanish kerak?

Diareya va ichburug‘ bir ma’noni anglatadi, shunchaki ichburug‘ soddaroq, diareya esa buning ilmiy nomi.

2051906
Diareyada nima qilish va qanday ovqatlanish kerak?

 

Diareyadan aziyat chekadigan odamlar aksariyat hollarda suvsizlanish va ozuqa moddalarining ichaklarda yetarlicha so‘rilmasligidan aziyat chekadi. Ich ketishi qancha cho‘zilsa, hayot uchun xavfli bo‘lgan suvsizlanish xavfi shuncha yuqori bo‘ladi. 

 

Diareyada nima qilish va qanday ovqatlanish kerak?

  1. Ushbu davrda asosiy maqsadimiz suyuqlik va elektrolitlar yo'qotilishini oldini olish uchun ichimlik suvi iste’molini davom ettirishdir. Natriy, kaliy va xlor kabi tanangiz yo'qotadigan suv va elektrolitlarni almashtirish uchun kun davomida ko'p miqdorda suv iching. Shaftoli va olma, ayron, mineral suv va suvli mevalarning yangi siqilgan sharbatlari kunlik suyuqlik ehtiyojini qondirishga yordam beradi..
  2. Shakarsiz tayyorlangan olma, behi yoki shaftoli kompotlari diareyani davolash uchun ishlatilishi mumkin..
  3. Sutli mahsulotlar iste'mol qilinmaydi. Buning o'rniga fermentlangan yog'siz yogurt yoki ayronni afzal ko'rish kerak..
  4. Donli mahsulotlarni juda ko'p iste'mol qilmaslikka harakat qilash kerak..
  5. O’ta yog'li va qovurilgan taomlardan tiyilish zarur. Diareya holatida yog'li taomlarni iste'mol qilish taqiqlanadi. Shuning uchun kam yog'li taomlarni tanlash zarur. Dastlabki 3-4 kun ichida go'sht mahsulotlarini ko'p iste'mol qilmaslikka ahamiyat berish tavsiya etiladi..
  6. Sho'rvalardagi vitamin miqdorini oshirish uchun tabiiy bulyon va ilikdan foydalanishingiz mumkin.
  7. Shakar miqdori yuqori bo'lgan mahsulotlardan uzoq turish kerak, chunki ular diareya holatida ichaklarning ishlash tezligini oshiradi. Shu sababli shakar va shakarli mahsulotlardan uzoq turish tavsiya etiladi.
  8. O'rik, olxo'ri, gilos, nok, anjir, apelsin, mandarin, qovun, tarvuz, quritilgan mevalar, yashil bargli sabzavotlar, kartoshkadan tashqari barcha sabzavotlar, sut, dukkaklilar, tolali mahsulotlar, bulg'ur, kepakli non diareyani kuchaytirishi mumkin.
  9. Kuniga 1-2 ta oddiy mineral suvni iste'mol qilish tavsiya etiladi.

Diareyada yana nimalar yeyish mumkin?

Diareya holatida tovuq go'shti, kam yog'li pishloq, bo'tqa, yog'siz guruch, yog'siz makaron, qatiqli sho'rvalar, qatiq, sariyog', oq non, banan, olma, shaftoli va behi, kartoshka iste'mol qilishingiz mumkin.

  • Kartoshka (salatlarda, sho'rvalarda, qaynatilgan holda iste'mol qilinishi mumkin)
  • Guruch, guruch pyuresi, puding
  • Banan, olma, shaftoli, chernika, olcha, sabzi,
  • Yog’siz pishloq,
  • Agar diareya susaysa, yog'siz go'shtni qaynatib iste’mol qiling,
  • Har ich ketish holatidan keyin 1 stakan suyuqlik ichish kerak.

Diareyani oldini olish uchun;

1. Shaxsiy tozalikka e'tibor berish kerak va qo'llar doimo toza bo'lishi kerak..

2. Suvni qaynatib ichish kerak..

3. Suvni xlorlash muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak.

4. Sabzavot va mevalarni iste'mol qilishdan oldin ko'p miqdorda suv bilan yuvish kerak..

5. Sut, yogurt va pishloq sotib olayotganda qadoqlanganlarga ustunlik berish kerak..

6. Sotib olingan oziq-ovqat mahsulotlarini kuni va muddatini tekshirish kerak.

7. Sut, qatiq, tuxum, tovuq, qiyma, goʻsht, yogʻ va boshqalar muzlatgichda saqlanishi kerak.

8. Sutli shirinliklar ham tayyorlangandan keyin muzlatgichda saqlanishi kerak..

9. Xom yoki kam pishgan go'shtni iste'mol qilmaslik kerak.

10. Toza bo’lmagan joylarda ovqatlanmaslik kerak..

11. Ayniqsa, yozda juda yog'li ovqatlar o'rniga yangi meva, sabzavotlar, qatiq, tovuq go'shti bilan oziqlanishga e'tibor berish kerak.

12. Dezinfeksiya qilish kerak, chunki pashshalar yoz oylarida paydo bo'ladi va mikroblarni axlatdan oziq-ovqatga olib boradi.

 

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.


Tanlangan kalimalar: #ichburug‘ , #diareya

Aloqador xabarlar