Uzum shinnisining foydalari

Uzumni C, A, B1, B2, B5, B6, B9, E, PP, P vitaminlari, natriy, kalsiy, fosfor, magniy, kaliy, marganets, temir, rux, mis va boshqa ko‘plab moddalardan tashkil topgan haqiqiy “kokteyl” deyish mumkin.

2036109
Uzum shinnisining foydalari

 

Uzumning shifobaxsh xususiyatlari haqida eshitmagan odamning o‘zi bo‘lmasa kerak. Ammo uning bu xususiyati siz o‘ylagandan ancha kengroq bo‘lib, ular haqida aytib o‘tishni ma’qul ko‘rdik.

Uzum shinnisi tarkibidagi antioksidantlar va minerallar nuqtai nazaridan juda muhim ozuqaviy manba hisoblanadi.

  1. Depressiyaga qarshi kurashadi

Muntazam ravishda iste'mol qilinsa, shinni tarkibidagi magniy tufayli depressiya va surunkali bezovtalanish kasalliklarini yaxshilashga yordam beradi. Shinnida ko'p miqdorda mavjud bo'lgan magniy asablarni tinchlantiradi va “baxt gormoni” deb nomlanuvchi serotonin ishlab chiqarishni oshiradi. Bu ruhiy salomatlikka jiddiy hissa qo'shadi. Magniyning uyquni tartibga solish qobiliyati ham ruhiy salomatlikni yaxshilashga muhim hissa qo'shadi.

     1. Suyak va tish salomatligini mustahkamlaydi

Uzum shinnisi kaltsiyga boy. Kaltsiy inson salomatligi uchun katta ahamiyatga ega. Inson tanasida eng ko'p bo'lgan kaltsiyning deyarli barchasi suyaklarimiz va tishlarimizda mavjud. Kaltsiy, ayniqsa osteoporozga qarshi samarali bo'lgan mineraldir. U shuningdek, temir, selen va misning yaxshi manbai bo'lib, ularning barchasi suyaklarni sog'lom saqlashga yordam beradi.

     1. Qon bosimi va yurak salomatligini tartibga soladi

Uzum shinnisi tarkibidagi kaliy qon bosimini muvozanatlashga yordam beradi. Bir tomondan, kaliy yuqori qon bosimiga olib keladigan natriyni tanadan olib tashlashga hissa qo'shadi, boshqa tomondan, tomirlarimizni bo'shashtirib, qon bosimini pasaytiradi. Bundan tashqari, kaliy yurak sog'lig'ini saqlashga yordam beradigan yaxshi elementdir.

  1. Ichak salomatligingizni tartibga soladi

Uzum shinnisi ich qotishiga qarshi samarali mahsulot hisoblanadi.

  1. Saraton xavfini kamaytirishi mumkin

Tabiatdagi eng kuchli antioksidantlardan biri asosan qizil uzumda uchraydi. Shuning uchun shinni antioksidantlarga boy oziq-ovqat hisoblanadi. Ushbu modda saraton hujayralarining bo'linishi, ko'payishi va tarqalishining oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari, ushbu faol modda saraton kasalligini davolash paytida yuzaga keladigan nojo'ya ta'sirlarni kamaytiradi. 

     1. Teri salomatligini qo'llab-quvvatlashi mumkin

Antioksidantlar teri salomatligi bilan bir qatorda, saraton kasalligiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu teringizga zarar yetkazadigan erkin radikallarni to'xtatib, terining qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradi. 

     1. Temir tanqisligi uchun yaxshi bo'lishi mumkin

Uzum shinnisi tarkibida temir borligi sababli, uni temir tanqisligiga qarshi ishlatish mumkin.

     1. Premenstruel zo'riqish va menopauza alomatlari uchun foydali bo'lishi mumkin

Uzum shinnisini iste'mol qilish natijasida olingan magniy hayzdan oldin paydo bo'lishi mumkin bo'lgan kramplar, bosh og'rig'i va kayfiyat muammolarini bartaraf etishda samarali. Premenstruel zo'riqish paytida paydo bo'ladigan bu alomatlar menopauza paytida ham kuzatilishi mumkin. Shu sababli, uzum shinni tarkibida mavjud bo'lgan magniy ayollarning menopauza davridagi ta'sirini kamaytirishga yordam beradi..

  1. Revmatizm kasalligini davolashda samarali bo’lishi mumkin (Revmatoid artrit)

Shinni tarkibidagi antioksidantlar yallig'lanishga qarshi samarali. Shu sababli, shinni iste'mol qilish, ayniqsa, yallig'lanishli revmatizm uchun yaxshi bo'lishi mumkin.. 

Uzum shinnisi qanday iste'mol qilinadi?

Uzum shinnisi muntazam iste'mol qilinganda juda foydali mahsulotdir. Har kuni ertalab muntazam ravishda 2 osh qoshiq ichish tavsiya etiladi. Ma'lumki, bu tarzda muntazam iste'mol qilinsa, u inson organizmida kerakli mineral moddalarni qondiradi.

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.


Tanlangan kalimalar: #shinni , #uzum

Aloqador xabarlar