Uyqu sifatini oshirishga doir tabiiy vositalar

Yaxshi uxlash hayot sifati uchun zarurdir. Ba'zi odamlar tunda uxlab qolish muammosiga duch kelishadi.

1799751
Uyqu sifatini oshirishga doir tabiiy vositalar

 

Uyquning yaxshi va sifatli bo‘lishi nafaqat salomatlik, balki kayfiyatga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Aslida 7-9 soatlik uyqu me’yor sanaladi, ammo hamma vaqt ham buning uddasidan chiqishning iloji bo‘lmaydi. Ish, o‘qish, shaxsiy va oilaviy muammolar asab tizimini qo‘zg‘atadi. Bu esa uyquning qochishiga olib keladi.

Bunday vaqtda uyqu sifatini oshirish uchun samarali bo’lgan mahsulotlar haqida sizlarga qisqacha ma’lumot berib o’tmoqchimiz.

  • Rozmarin:

 Rozmarin damlamasi tiniqib uxlashga yordam beruvchi moddalarni o’zida mujassam qiladi. U GABA A (gamma-aminobutirik kislota) retseptorlarini rag'batlantirish orqali organizmga o'zining uyquni qo'zg'atuvchi ta'sirini beradi.

  • Valeriana o’simligi

Valeriana o’tidan qadim zamonlarda dorivor vosita sifatida foydalanishgan. Tadqiqotlar natijasida ushbu shifobash o’simlikning ildizi uyqu keltiruvchi xususiyatga ega ekani isbotlangan.

  • Jenshen:

Jenshen ayniqsa, qizil jenshen umumiy uyqu vaqtini uzaytiradi. Shuningdek, u uyqu va uyg'onish siklini tartibga soladi.

  • Passiflora o’simligi

Bu o'simlik yengil tinchlantiruvchi ta'sirga ega.

  • Binafsha moyi:

Yotishdan 30 daqiqa oldin binafsha moyini hidlash uyqu sifatini yaxshilaydi va uyqusizlikni kamaytiradi.

  • Dorivor Melissa

Melissa o’tidan tayyorlangan damlama xushbo'y hidli bo'lib, u xotirjamlikni uyg'otadi. Stressdan xalos bo'lishga va mushaklarni bo'shashtirishga yordam beradi. Uxlashni osonlashtiradi. Ushbu dorivor o’simlik o'tkir hid va ta'mga ega.

  • Kava:

Kava o’simligi tinch okeanida yetishtiriladigan qoramurchning bir turi hisoblanadi. U GABA A retseptorlarini rag'batlantirish orqali o'zining uyquni qo'zg'atuvchi ta'sirini beradi. O'simlik ildizida ko'p miqdorda topilgan bu moddalar jigarga zarar etkazishi mumkin, shu sababli ehtiyotkorlik bilan ishlatish tavsiya etiladi.

  • Lavanda:

Lavanda efir moyi va suvini hidlash GABA (gamma-aminobutirik kislota) orqali uyqu vaqtini uzaytiradi, uyqu buzilishining oldini oladi va uyqu sifatini oshiradi.

Lavanda uyquni qo'zg'atish uchun ishlatiladigan o'simliklardan biridir, chunki u tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, uxlashdan 30 daqiqa oldin lavanda yog'ini hidlash uyqu sifatiga ijobiy ta'sir qiladi. Lavanda uyqusizlik muammosiga uchragan asosan o'smirlar va ayollar tomonidan ishlatilishi mumkin bo'lgan samarali uyqu targ'ibotchisidir.

Lavandaning choyi ham shirin va yoqimli ta’mga ega. U ayni vaqtda tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Jismoniy mashg'ulotdan so'ng, bir stakan lavanda choyi iste’mol qilish tavsiya etiladi. Chunki, u mushaklaringizni bo'shashtiradi va sizni miriqib uxlashga tayyorlaydi.

  • Yalpiz damlamasi

Yotishdan oldin bir stakan yalpiz choyi iste’mol qilish ayniqsa, oshqozon muammosi bo'lgan va shuning uchun uyqusizlikdan aziyat chekadigan odamlarga yordam beradi. Yalpizning oshqozonni tinchlantiruvchi ta'siri reflyuks kabi oshqozon kasalliklarini kamaytiradi va uxlashni osonlashtiradi.

  • Ko’k choy

Antioksidantlarga boy bo’lgan ko’k choy sizni tinchlantirishga yordam beradi.

  •  Moychechakli choy

Moychechakli choy tinchlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan eng mashhur issiq ichimliklardan biri sanaladi. Uning iste’moli immunitetni mustahkamlaydi, xavotirni kamaytirib, teri salomatligini yaxshilaydi. Shuningdek, tarkibidagi apigenin antioksidanti uyqusizlikka qarshi samarali kurashadi.

  • Magnoliya qobig'i choyi

Magnoliya choyini tinchlantirish va qulayroq uxlash uchun iste'mol qilish mumkin. Magnoliya uyquga ketish vaqtini qisqartirishi va uzoqroq miriqib uxlashingizga yordam beradi.

  • Magniy

Magniy ong va tanani tinchlantirishga yordam beradi, uxlab qolishni osonlashtiradi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, magniyning tinchlantiruvchi ta'siri melatonin aylanishini yaxshilashga yordam beradi va shu bilan uyqu sifatini ma'lum bir tartibga solishga turkki beradi.

  • Bodom

Bodom turli vitamin va mikroelementlarga boy sanaladi, uning atigi 28 gramm qovurilgan yoki quritilganida fosforning sutkalik me’yorini deyarli 18 foizi hamda organizm uchun muhim bo‘lgan B2 vitaminining 23 foizi mujassam bo‘ladi. Qolaversa ushbu mahsulot melatoninning (uyqu gormoni) koni sanaladi. Uyqu gormoni sifatida ma’lum bo‘lgan melatonin miyaga dam olish muhimligi haqida signal beradi. Shu sababli ham uyqudan avval bir hovuchdan ozroq bodom iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

  • Kech soatlarda kafein iste’mol qilmang

Uyqusizlik muammosi bo'lgan odamlar uyquga ketishdan 6 soat oldin kofeinni qabul qilishni to'xtatadilar, bu shaklda uyqusizlik muammolarini bartaraf etish mumkin.

  • Jismoniy mashq

Jismoniy faollik odatda sog'lom uyqu uchun foydalidir. Mashq qilish miyada serotonin ishlab chiqarishni ko'paytirish va stress gormoni kortizol darajasini pasaytirish orqali uyqu davomiyligi va sifatini yaxshilaydi. Ko'pgina tadqiqotlar shuni isbotladiki, kuniga kamida 60 daqiqa jismoniy mashq bilan shug'ullanadigan odamlar yaxshiroq uxlashadi va kunni yanada sog'lom boshlashadi.

  • Stressga qarshi kurashish

Stressni boshqarish chuqurroq va sog'lom uyqu rejimi uchun juda muhimdir.

  • Uxlashdan oldin ovqatlanmaslikka e’tibor bering

Yotishdan oldin ovqatlanish oshqozon kasalliklarini keltirib chiqarish bilan birga, uxlash sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #xalq tabobati , #uyqu

Aloqador xabarlar