Tizza og‘rishi sabablari va davolash usullari

Tizzada nega og‘riq paydo bo‘ladi? Bu qanchalik jiddiy? Statistika bo‘yicha tizza bo‘g‘imi kasalliklari bilan aholining 50 % i zararlanadi va bu holat eng ko‘p tarqalgan patologiyalardan biri hisoblanadi.

1791587
Tizza og‘rishi sabablari va davolash usullari

 

Tizza og'rig'i ko'p odamlar vaqti-vaqti bilan boshdan kechiradigan sog'liq muammolaridan biridir. Agar sizda tizza og'rig'i kabi muammo borligidan shubhalansangiz, avvalo shifokorga murojaat qilishingiz, kerakli tahlillarni o'tkazishingiz va uning ko’rsatmalari asosida davolanishingiz kerak.

Tizza og‘rishini davolash uchun tabiiy usullar

Bo‘gimlardagi og‘riqlar – inson hayotiga salbiy ta’sir etuvchi holat. Ko‘pincha og‘riq kuchi tufayli harakatlanish cheklanadi. Ayniqsa, tizza sohasidagi diskomfortlar tufayli, inson yurish qobiliyati ancha pasayadi. Aholining ko‘pgina qismi ushbu holatga duch keladi va ularning barchasi davo choralari ko‘rish uchun turli xil usullardan foydalanishadi. Xo‘sh, eng samarali va ishonchli usullar qaysilar?

Tizza og‘riqlarida tez va samarali davo usuli bu – massaj va manual terapiyadir. Bunday usullarni maxsus mutaxassislar o‘tkazadilar, og‘riq esa qisqa muddatlar ichida kamayadi.

 

Xalq tabobati

Albatta, har qanday kasallikni ona tabiat noz ne’matlari yordamida davolasa bo‘ladi. Xalq tabobati usullaridan uy sharoitida ham bemalol foydalansa bo‘ladi. Yaxshisi, xalq tabobatini tibbiy davo choralari bilan birgalikda olib borilsa, ijobiy natijalarga erishish darajasi yuqori bo‘ladi.

Tizza bo‘g‘imi og‘riqlarida xalq tabobati bilan davolash – qizdirish va ortiqcha tuzlardan xalos etishga qaratilgan. Bular dorivor o‘simliklardan tayyorlangan vannalar, kompresslar va malham surtishlar.

Ko‘pincha xalq tabobatida tizza sohasidagi og‘riqlarni kamaytirish uchun kompress qilib, tabiiy asal va asal mahsulotidan (propolis) foydalaniladi. Tizzaga surtish uchun esa – tabiiy hayvon yog‘laridan, vannalar uchun – tuz, soda, ot quloq, moychechak va boshqa o‘simliklardan tayyorlangan vannalardan foydalanish kerak. Muolaja davomiyligi ehtiyojga ko‘ra va organizm xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi.

 

Bamiya urug'i (gulxayridoshlar oilasiga mansub oʻsimlik )

Bamiya urug'i suyaklar, mushaklar va bo'g'imlarning sog'lig'iga muhim yordam beradi. Bamiya urug'i choyi, ayniqsa, tizzalardagi suyuqlik yo'qotilishidan kelib chiqqan tizza og'rig'i uchun iste'mol qilinishi mumkin. 2 hafta muntazam foydalanilganda tizza og'rig'ini engillashtiradigan bu choyni iste'mol qilgandan keyin kamida 1 hafta tanaffus qilishni unutmang va keyin yana davom eting

Bamiya urug'ini xuddi kofe donalaridek maydalagichdan o'tkazib, kukun holiga keltirishingiz mumkin va shu tarzda unga issiq suv ilova qilib, uni qahva qaynatayotgandek pishirishingiz mumkin.

Boshqacha qilib aytganda, xona haroratidagi bir stakan suvga kechqurun 9-10 dona bamiya urug'ini tashlab, ertalabgacha shunday ushlab turishingiz mumkin va ertalab uyg'onganingizda bu suvni ichishingiz mumkin.

Bundan tashqari, 9-10 dona bamya urug‘i maydalagichdan o‘tkazib, kukun holiga keltiriladi. Unga 1 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq zaytun moyi aralashtiriladi va bu xamirga o'xshash aralashmadan har kuni 1 choy qoshiq iste'mol qilinadi. Aralashma tugashi bilan yana ishlatilishi mumkin, 1 hafta muntazam ravishda qo'llangandan so'ng, kamida 1 hafta tanaffus qilib, 2-3 oy shu tarzda foydalanish mumkin.

 

Zanjabil va zanjabil yog'i

Agar tizza og'rig'ining sababi yallig'lanish bo'lsa, bu og'riqni zanjabil moyi bilan kamaytirishingiz mumkin. Tizza va uning atrofiga bir necha tomchi zanjabil yog'ini tomizib, yengil massaj qiling va moy o'z ta'sirini ko'rsatishini kuting.

 

Kurkuma yog’i (Zerdeçal)

Og'riqli joyga kurkuma efir moyini ehtiyotkorlik bilan surishingiz mumkin. Bundan tashqari, har kuni bir choy qoshiq kurkuma kukunini bir piyola tabiiy yogurt bilan aralashtirib iste'mol qilishingiz mumkin.

 

Chinor bargi

Ayniqsa, artrit va revmatizmga qarshi samarali bo'lgan chinor bargining ta'siridan foydalanish uchun uni xuddi choy kabi qaynatib, iliq holda  suvini og'riqli joylarga surishingiz mumkin.

Chinor bargi choyi

1 stakan suv qaynatiladi. Keyin unga 1-1,5 osh qoshiq quritilgan chinor barglari ilova qilinadi va 10 daqiqa davomida damlanadi. Keyin suzib olinadi va iste’mol qilinadi.

 

Olma sirkasi - zaytun moyi

Olma sirkasi va zaytun moyi aralashmasi tizza og'rig'i uchun eng tabiiy vosita bo’lib hisoblanadi. Tayyorlangan aralashmani tizza bo'ylab yengil massaj qilish tavsiya etiladi. Tizza og'rig'i bo'lgan kunlarda siz bir choy qoshiq tabiiy olma sirkasi va bir stakan suv aralashmasini ichishingiz mumkin.

 

Xantal yog'i (Gorchichnoye maslo)

Xantal yog'i xantal o'simligining urug'idan olinadi. U tanadagi og’riqni qoldirish xususiyatiga ega. Ayniqsa, bo’g’imlardagi og'riq va artritni davolashda samaralidir. Tizza atrofiga bir necha tomchi xantal yog'i surib yengil massaj qilish tavsiya qilinadi.

 

Namatak choyi

Namatak choyi og'riq qoldiruvchi xususiyatlarga ega. Tizzangizda og'riq paydo bo'lganda, bir piyola namatak choyi iste’mol qilish tavsiya etiladi.

 

Kokos moyi

Ushbu samarali va foydali moy tizza qovoqlarini yumshatish va og'riqlarni davolash xususiyatiga ega. Tarkibidagi vitaminlar tufayli og'riqni yo'qotishga yordam beradi.

 

Yalpiz moyi

Tizza atrofiga massaj yo'li bilan surtiladigan yalpiz moyi bir necha soniya ichida og’riqni yengillashtiradi.

 

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.


Tanlangan kalimalar: #xalq tabobati , #tizza og'rishi

Aloqador xabarlar