Yuz falajini uy sharoitida davolash usullari va samarali vositalar

Paraliziya - bu tananing biron bir qismini, ya’ni, yuzning mushaklarini harakatga keltira olmaslik. Yuz falaji - bu yuz mushaklarining bir qismini yoki barchasini harakatga keltira olmaslik.

1771457
Yuz falajini uy sharoitida davolash usullari va samarali vositalar

 

Paraliziya - bu tananing biron bir qismini, ya’ni, yuzning mushaklarini harakatga keltira olmaslik. Yuz falaji - bu yuz mushaklarining bir qismini yoki barchasini harakatga keltira olmaslik.

Yuzdagi nerv tolalarining ta'sirlanishi natijasida mushaklarda harakatning yo'qolishi sodir bo'ladi. Har qanday yoshda ko'rish mumkin bo'lgan ushbu sog'liq muammosida bemor qoshini ko'tarolmaydi, ko'zlarini yuma olmaydi va og'zini qimirlata olmaydi.

Yuz falajida yuz nervining shikastlanishi tufayli mushaklarda harakat kamayadi. Bu holat tibbiyotda yuz falaji deb ataladi.

 

       Kokos efir moyi

1 osh qoshiq sof cocos efir moyini ozgina isitib oling. Ta'sirlangan tomonga diqqatni qaratib, yuzingizni yumshoq massaj qiling. So’ngra 30 daqiqa kuting. Buni kuniga 2-3 marta qo’llang.

 

       Massaj

Bir choy qoshiq kokos efir moyiga olti tomchi lavanta efir moyi yoki romashka yog'i qo'shing. Bu aralashma bilan yuzingizning shikastlangan tomonini bir necha daqiqaga yumshoq massaj qiling, 20 daqiqaga qoldiring va keyin yuving. Ushbu muolaja usulini kuniga ikki marta qo’llashingiz mumkin.

 

       B12 Vitamini

B12 vitaminiga boy masalliqlarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Vitamin B-12 bu inson uchun eng kerakli va eng muhim vitaminlar kompleksi hisoblanadi. B-12 vitaminining ozgina yetishmasligi sizda anemia, toliqish, vasvasa kasalligi hamda depressiya kabilarni keltirib chiqarsa, bu vitaminning uzoq muddat yetishmasligi sizning miyangizga va markaziy asab tizimingizga salbiy ta'sir ko'rsatadi. B-12 vitamini asosan tabiiy holda, hayvonlar mahsulotida va suniy holda ham mavjud. Siz B-12 vitaminini keragidan ortiq qabul qilishning zarari yo'q, jigar o'ziga 1 yillik zahirani yig'ib oladi va kerakli paytda sarflaydi.

Quyudagi mahsulotlar, B-12 ga boy mahsulotlar hisoblanadi: Molyuskalar, qo'y jigari, baliq, dengiz qisqichbaqasi, dukkakli o'simliklar, don mahsulotlari(g'alla), go'sht va sut mahsulotlari, pishloq hamda tuxum.

 

 Qora sedana yog'i

Bir choy qoshiq sedana kukunini asal bilan aralashtiring. Ushbu aralashmani har kuni ikki mahal iste'mol qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, yuzingizni sedana yog’i bilan massaj qilish ham samarali bo’ladi

 

    Kanakunjut yog'i

Ikki choy qoshiq kanakunjut yog'ini ozgina isitib, yuzingizni yumshoq massaj qiling. Toza matoni issiq suv bilan namlang. Matoni siqib, yuzingizga qo'ying. Mato soviganidan keyin uni yana issiq suvga botirib, jarayonni takrorlang. Ushbu usulni kuniga ikki marta qo’llash samarali bo’ladi.

 

     Ko’k choy

Kuniga ikki marta asal aralashtirilgan ko’k choy iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

 

    Sarimsoq va zaytunyog’i

3 tish sarimsoqni maydalang. Ezilgan sarimsoqga bir choy qoshiq zaytun yog’i ilova qiling. Ushbu aralashmani kuniga ikki marta iste'mol qiling.

 

    Zanjabil

Zanjabil kukunini asal bilan aralashtiring. Ushbu aralashmani ertalab va kechqurun bir choy qoshiq iste'mol qiling. Zanjabil choyini kuniga 2-3 marta asal aralashtirib ichish ham tavsiya qilinadi.

 

     Lavanda guli  

1 stakan iliq suvga 3 hovuch lavanda guli ilova qilinadi. Usti yopiq holda 48 saat kutiladi. Keyin doka yordamida suzib olinadi. Ushbu aralashma yuzning falaj qismiga massaj qilinadi.

 

     Rozmarin choyi

1 stakan issiq suvga 10 gram rozmarin o’ti ilova qilinadi va 10 daqiqa damlanadi. Ushbu damlamani kuniga 2-3 marta iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Rozmarin efir moyi ham organizmning sog'lig'ini yaxshilashning turli nuqtalarida yordam beradigan achchiq moy bo'lib, u asosan qon aylanishini yaxshilash va qon bosimini boshqarishda ishlatiladi.

 

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.


Tanlangan kalimalar: #yuz falaji

Aloqador xabarlar