Xalqaro turk tili qurultoyi ishtirokchisi tilshunos Sabohat Bozorova...

Ankara shahrida Xalqaro turk tili qurultoyi o’tkazilmoqda.

13-16 noyabr kunlari bo’lib o’tadigan qurultoyga ko’plab xorij mamlakatlardan tilshunos olimlar, akademiklar ishtirok etmoqda.

Jumladan, O’zbekistondan ham 15 dan ziyod tilshunos mutahassislar, olimlar o’z ma’ruzalari bilan qatnashmoqdalar.

Qurultoyga O'zbekistondan tashrif buyurgan tilshunos Sabohat Bozorova “O’zbek va turk maqollarining qiyosiy talqini” nomli ma'ruzasini tinchlovchilar e'tiboriga havola qiladi.