Turkiyadan G‘azoga yana insonparvarlik yordami yuborildi

Turk Qizil yarim oy jamiyati rahbarligida Isroil hujumlariga maruz qolgan G‘azo sektoridagi Falastin xalqiga yetkazib berilishi maqsadida oziq - ovqat, chaqaloqlar uchun zarur bo‘lgan ashyolar bilan qopko‘rpa kabi buyumlar yig‘ildi.

2130282
Turkiyadan G‘azoga yana insonparvarlik yordami yuborildi

Turkiyadan G‘azoga yuborilgan to‘qqizinchi mehribonlik kemasidagi 3 ming 774 tonnalik insonparvarlik yordam ashyolarining birinchi qismini tashigan yuk tashuvchi mashinalar Misrdan G‘azoga qarab yo‘l oldi.

Turk Qizil yarim oy jamiyati rahbarligida Isroil hujumlariga maruz qolgan G‘azo sektoridagi Falastin xalqiga yetkazib berilishi maqsadida oziq - ovqat, chaqaloqlar uchun zarur bo‘lgan ashyolar bilan qopko‘rpa kabi buyumlar yig‘ildi. Buning uchun qizg‘in ish olib borildi.

Mamlakatning Mersin viloyatida yuklangan yordamlar bilan 16 - aprel kuni yo‘lga chiqqanidan keyin kecha G‘azoga yaqin nuqtada joylashgan al - Arish portiga yonashgan to‘qqizinchi mehribonlik kemasida kerakli protsedurani olib borish uchun tayyorgarliklar boshladi.

Kemaga yonashgan ko‘tarma kran orqali tushirilgan 227 ming 63 ta oziq - ovqat paketi, 869 tonna un, bolalar uchun 14 ming 700 dona taglik, 2 ming dona qopko‘rpa va 400 tonna turli ashyolarning bir qismi yuk tashuvchi mashinalariga yuklandi.

Protsedurasi tamomlangan yuk tashuvchi mashinalar, Refah chegara darvozasi tomon yo‘l oldi.

Yordam ashyolari bojxonadagi protsedura ortidan G‘azo sektoridagi yordamga muhtoj insonlarga yetkazib berish uchun Falastin Qizil yarim oy jamiyatiga topshiriladi.



Aloqador xabarlar