Numan Kurtulmush Kuba Xalq hokimiyati milliy majlisi raisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda Turkiya-Kuba munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

2137391
Numan Kurtulmush Kuba Xalq hokimiyati milliy majlisi raisi bilan uchrashdi

 

Turkiya Parlamenti raisi Numan Kurtulmush Kuba poytaxti Gavanada Kuba Xalq Hokimiyati Milliy Majlisi raisi Esteban Lazo Hernandes bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Turkiya-Kuba munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Numan Kurtulmush delegatsiyalararo uchrashuvlar chog'ida, Turkiya va Kuba xalqlari ko'p jihatdan o'xshashligini, masofalar uzoq bo'lsa-da, har ikki davlat prezidentlarining o'zaro tashriflari, ayniqsa soʻnggi yillarda amalga oshirilgan oʻzaro tashriflar ikki tomonlama munosabatlarni har jihatdan yuksaltirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

U shuningdek, Turkiya oxirgi yillarda dunyoning turli mamlakatlari bilan juda yaqin aloqalar oʻrnatganligini, turk ishbilarmonlarining Kubaga investitsiya kiritishga nihoyatda tayyor ekanligini va bu doirada Kuba hukumati va Kuba parlamentidan Kubadagi biznes imkoniyatlarini rag'batlantirish uchun muhim sa'y-harakatlar kutayotganini aytdi.

Kuba Xalq Hokimiyati Milliy Assambleyasi Raisi Hernandes ham o'zaro tashriflar bilan parlamentlararo hamkorlikni oshirish istagida ekanini bildirdi.

Numan Kurtulmush Kuba mustaqilligi uchun kurashning asoschisi, shoir va yozuvchi Xose Marti haykalini ham ziyorat qildi.


Tanlangan kalimalar: #Kuba , #Turkiya

Aloqador xabarlar