Hakan Fidan Istanbulda Muhammad Salim Merzuk bilan uchrashdi

Fidan, Mavritaniya Tashqi Ishlar vaziri Muhammad Salim Merzuk bilan Tashqi Ishlar vazirligining Istanbuldagi vakolatxonasida uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

2130346
Hakan Fidan Istanbulda Muhammad Salim Merzuk bilan uchrashdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ertaga rasmiy tashrif bilan Iroqqa boradi. Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan mavzu haqida:

“Prezidentimizning tashrifi chog‘ida 20 dan ortiq shartnomaga qo‘l qo‘yilishi uchun dastlabki kelishuvlar yakunlandi”. - dedi.

Fidan, Mavritaniya Tashqi Ishlar vaziri Muhammad Salim Merzuk bilan Tashqi Ishlar vazirligining Istanbuldagi vakolatxonasida uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

Hakan Fidan unda Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning Iroqqa uyushtirilishi rejalashtirilgan tashrifi haqida:

“Maqsadimiz mintaqaviy barqarorlik, farovonlik va rivojlanishga yo‘l ochuvchi munosabatlar o‘rnatish va uni institutsionalizatsiya qilish, mintaqa tartibi bilan ​​farovonlikni orttirish uchun qo‘limizdan kelganini bajarishdir”. – deya gapirdi.

Bu borada xavfsizlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, suv, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi sohalarda uzoq vaqt davomida olib borilgan faoliyatlarga e’tibor qaratgan Fidan:

“Prezidentimizning tashrifi chog‘ida 20 dan ortiq shartnomaga qo‘l qo‘yilishi uchun dastlabki kelishuvlar yakunlandi. Xudo xohlasa ertaga siyosiy liderlar ishtirokida ularga qo‘l qo‘yiladi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Hakan Fidan Prezident Erdo‘g‘anning Iroqqa bo‘lgan tashrifi doirasida Bog‘dod va Arbilga borishi, u yerda Iroq Bosh vaziri Muhammad Shiya al - Sudoniy bilan uchrashib, ish uchrashuvi o‘tkazishi va ortidan shartnomalarga qo‘ qo‘yilishini ta’kidladi.

Fidanning qayd etishicha Erdo‘g‘an unda Iroq Prezidenti Abdullatif Rashid bilan ham uchrashadi.



Aloqador xabarlar