"Bayraktar Akinji" navbatdagi sinovdan muvaffaqiyatli o'tdi

Qurolli jangovar havo vositasi dastlab dengizdagi belgilangan nishonni "MAM-T" raketasi bilan 30 ming fut balandlikdan yo'q qildi.

2136737
"Bayraktar Akinji" navbatdagi sinovdan muvaffaqiyatli o'tdi

 

"Bayraktar Akinji" jangovar uchuvchisiz havo vositasi (TİHA) navbatdagi sinovini muvaffaqiyatli yakunladi.

Baykar kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Bayraktar Akınji" dengizda otishma sinovidan muvaffaqiyatli o'tdi.

"Bayraktar Akinji" Tekirdag'dagi "Akinji" parvoz mashg'ulotlari va sinov markazidan o'q-dorilar bilan parvoz qildi.

Qurolli jangovar havo vositasi dastlab dengizdagi belgilangan nishonni "MAM-T" raketasi bilan 30 ming fut balandlikdan yo'q qildi.

Sinovning ikkinchi bosqichida esa, "MAM-L" raketasi bilan 30 ming fut balandlikdan dengizda suzib yurgan "Albatros" uchuvchisiz dengiz vositasini (İDA) nishonga oldi.

"Bayraktar Akinji" shu bilan dengiz operatsiyalari bo'yicha otish sinovlarini muvaffaqiyatli yakunladi.

Dunyoning eng yirik qurolli uchuvchisiz havo vositalari (UAV) eksportchisi "Baykar" kompaniyasi shu kungacha jami 34 davlat bilan shartnomalar imzolagan.

"Bayraktar TB2 SİHA" uchun 33 davlat buyurtma bergan bo'lsa, "Bayraktar Akıncı TİHA" uchun 9 davlat bilan shartnomalar imzolangan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Bayraktar AKINCI

Aloqador xabarlar