Erdo‘g‘an G‘azo uchun islom davlatlari birgalikda faoliyat yuritishi zarurligini qayd etdi

Prezident Erdo‘g‘an, Misr Tashqi ishlar vaziri Samih Shukriy va hamrohligidagi hay’at bilan uchrashdi.

2130240
Erdo‘g‘an G‘azo uchun islom davlatlari birgalikda faoliyat yuritishi zarurligini qayd etdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha Istanbuldagi Do‘lmabaxche ofisida Misr Tashqi ishlar vaziri Samih Shukriy va hamrohligidagi hay’at bilan uchrashdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida ijtimoiy tarmoq orqali berilgan bayonotga ko‘ra unda, Turkiya va Misr o‘rtasidagi ikki tomonli munosabatlar, Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlari bilan bog‘liq oxirgi vaziyatlar hamda mintaqaviy va xalqaro mavzular qo‘lga olindi.

Isroilning Falastin xalqini nishonga olgan hujumlari davom etar ekan, taranglik va toʻqnashuvlar butun mintaqaga yoyilishi mumkinligiga e’tibor qaratgan Erdo‘gʻan, buning oldini olish uchun Isroil - Eron muammosini hal qilish muhim ekanini qayd etdi. Shuning uchun ham barcha islom davlatlari birgalikda faoliyat yuritishi zarurligini ta’kidladi.

Mintaqada tinchlik o‘rnatish uchun oqilona harakat qilish va strategik aqldan foydalanishning ahamiyatini ham kun tartibiga olib chiqqan Prezident Erdo‘g‘an, Isroilning G‘azodagi zulmini to‘xtatish uchun eng avvalo butunlay otashkesim yo‘lga qo‘yilishi va insonparvarlik yordamlarining G‘azoga uzluksiz yetkazib berilishi shart ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar