Anqarada Turkiya-Gretsiya munosabatlari muhokama qilinadi
Bugun Turkiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Burak Akchapar va Gretsiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Aleksandra Papadopulu bugun poytaxt Ankarada muzokara o’tkazadi.
Anqara-Afina munosabatlarini normallashtirish yo'lidagi diplomatik harakatlar davom etmoqda.
Bugun Turkiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Burak Akchapar va Gretsiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Aleksandra Papadopulu bugun poytaxt Ankarada muzokara o’tkazadi.
Tashqi ishlar vazirligi muzokaralar tafsilotlarini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuv Turkiya va Gretsiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy muloqot doirasida bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlar atroflicha muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuızasidan fikr almashiladi.
Ikki davlat delegatsiyalarining muzokaralari Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'anning 7 dekabr kuni Gretsiyaga tashrifi chog'ida imzolangan Afina deklaratsiyasining davomi hisoblanadi.