Erdo'g'an Falastinni davlat sifatida tan olishga chaqirdi

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Istanbulda bo’lib o’tgan Jahon islom ulamolari maslahat sammitining ochilish marosimida ma'ruza qildi.

2138614
Erdo'g'an Falastinni davlat sifatida tan olishga chaqirdi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Istanbulda bo’lib o’tgan Jahon islom ulamolari maslahat sammitining ochilish marosimida ma'ruza qildi.

Prezidentning ta'kidlashicha, G’azoda insoniyat tarixidagi eng vahshiy qirg’inlardan biri sodir bo’lmoqda.

Erdo'g'an o'zini "ozodlik yurti" deb ataganlar, Isroilning manfaatlari xavf ostida qolganda birdaniga fashizmga yuz tutganini aytdi.

"Biz 400 dan ortiq G'azolik bemor va yaradorlarni, jumladan, saratonga chalingan bemorlarni mamlakatimiz shifoxonalarida davolayapmiz",-deydi Turkiya yetakchisi.

"Vijdonli mamlakatlar va jamiyatlardan tashqari global tizim yetakchilarining Isroilga bosim o‘tkazishini kutish mutlaqo befoyda”, deb qo'shimcha qiladi Erdo'g'an.

Erdo'g'an Isroilning G'azoga hujumlari boshlangan 7 oktyabrdan beri insoniyat tarixidagi eng vahshiy qirg'inlardan biri sodir bo'lganiga diqqat qaratdi.

“Isroil begunoh qon toʻkishda davom etmoqda. 15 ming bola shafqatsizlarcha o'ldirildi. 35 ming falastinlik birodarimiz shahid bo'ldi. 2 million kishi o'z uylarini tark etishga majbur bo'ldi. 7 oktyabrgacha ochiq qamoqxona boʻlgan Gʻazo soʻnggi 219 kun ichida qirgʻin lageriga aylandi, biz buni faqat Gitler Germaniyasida koʻrganmiz”,-deydi Turkiya prezidenti.

“Barcha mamlakatlarni Falastin davlatini imkon qadar tezroq tan olishga chaqirgan” dedi Erdo'g’an, “Hamas haqiqatan ham (G'azo sektorida) doimiy o't ochishni to'xtatish yo'lida juda muhim qadam tashladi va Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu ma'muriyatining javobi Rafahdagi begunohlarga hujum qilish bo'ldi”,- dedi Erdo'g'an.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar