Altun IHTni Isroilning yolgʻon ma’lumotlariga qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi

Faxrettin Altun, Islom Hamkorlik Tashkiloti tarkibidagi davlatlarning Axborot vazirlari oʻrtasida uyushtirilgan navbatdan tashqari yigʻilishi doirasida ikki tomonli uchrashuvlar oʻtkazdi.

2107032
Altun IHTni Isroilning yolgʻon ma’lumotlariga qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi
tahsin ertugruloglu-altun.jpg
altun-iit gorusmeler.jpg
altun-iit gorusmeler1.jpg

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Faxrettin Altun, Islom Hamkorlik Tashkiloti tarkibidagi davlatlarning Axborot vazirlari oʻrtasida uyushtirilgan navbatdan tashqari yigʻilishi doirasida ikki tomonli uchrashuvlar oʻtkazdi.

Altun, Turkiya mezbonligida Istanbulda uyushtirilgan yigʻilishda Bangladesh Axborot va nashriyot vaziri Muhammad Ali Arafat, Gvineya - Bisau Ijtimoiy aloqa vaziri Mariya da Konseysan Evora, Eron Islom Respublikasi Madaniyat vaziri doktor Muhammad Mahdiy Ismoiliy, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Tahsin Ertug‘rulo‘g‘lu, Niger Aloqa, pochta va raqamli iqtisodiyot vaziri Raliou Sidi Mohamed va Somali Axborot, madaniyat va turizm vaziri Daud Aveis Jama bilan uchrashdi.

Unda Isroilning 7 - oktabrdan beri davom etgan va Gʻazoni nishonga olgan hujumlari bilan dunyo jamoatchiligini chalgʻituvchi notoʻgʻri xabarlar va dezinformatsion faoliyatlar muhokama qilindi.

Isroil hujumlari va zulmi natijasida tinch aholi bilan bir qatorda 130 nafar jurnalist hayotdan koz yumganini ifoda etgan Altun, Isroil bir tomonidan qatliomga qoʻl urar ekan ikkinchi tomondan xalqaro jamoatchilik munosabatini minimallashtirish va jinoyatlarini yashirish uchun xalqaro media va ijtimoiy tarmoqdan foydalanishdan voz kechmaganini bildirdi.

Buning dezinformatsiya va yolgʻon ma’lumot ekaniga e’tibor qaratgan Altun, Axborot va kommunikatsiya boshqarmasi sifatida Isroilning yashirishga uringan har bir yolgʻonlarini birma – bir aniqlab, fosh qilganliklarini ma’lum qildi.

Isroil yolgʻonlarini fosh qilish, qoʻl urgan jinoyatlarini oshkor qilish bilan barobar ekanini ta’kidlagan Altun, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan yetakchiligida Isroilga qarshi har qanday imkonlarini oxirigacha foydalanganliklarini ta’kidladi.

Altun, Isroil tomonidan olib borilayotgan dezinformatsiyaga qarshi kurashish uchun davlatlarni hamkorlik qilishga va Falastinning adolatli kurashini qoʻllab - quvvatlashga chaqirdi.



Aloqador xabarlar