Erdo'g'an Janubiy Afrika prezidenti bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida Turkiya va Janubiy Afrika Respublikasi o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, Isroilning Falastinga qarshi sodir etayotgan hujumlari va boshqa mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi.

2093624
Erdo'g'an Janubiy Afrika prezidenti bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Kuril Ramaphosa bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, suhbat chog'ida Turkiya va Janubiy Afrika Respublikasi o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, Isroilning Falastinga qarshi sodir etayotgan hujumlari va boshqa mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi.

Erdo'g’an Janubiy Afrikaning mazlum Falastin xalqiga qarshi sodir etilgan genotsid jinoyatini jazolash uchun Xalqaro Adliya sudiga Isroilga qarshi ochilgan ishdan mamnunligini bildirdi.

Sud jarayoni muhokamaqilingan muloqotda Erdo‘g‘an, Turkiya ushbu oqlangan ishni xalqaro huquq va inson huquqlariga muvofiq yakunlash va insoniyatga qarshi jinoyatga qo'l urgan Isroilning munosib jazosini olishi uchun maksimal darajada harakat qilishini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Afrika , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar