Turkiya va Jazoir o'rtasida 4ta memorandum va hamkorlik protokoli tasdiqlandi

Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun bu haqdagi hujjatni imzoladi. Hujjat matni Jazoir rasmiy gazetasida e'lon qilindi.

2089612
Turkiya va Jazoir o'rtasida 4ta memorandum va hamkorlik protokoli tasdiqlandi

 

Jazoir va Turkiya o'rtasida turli sektorlarni qamrab olgan 4ta memorandum va hamkorlik protokoli tasdiqlandi.

Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun bu haqdagi hujjatni imzoladi. Hujjat matni Jazoir rasmiy gazetasida e'lon qilindi.

Ikki davlat oʻrtasida imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumi va hamkorlik protokoli ijtimoiy xizmatlar, atrof-muhit, togʻ-kon sanoati, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi hamkorlik, taʼlim va kadrlarni tayyorlash, texnologiya, baliqchilik va akvakultura, jamoat ishlari va ommaviy axborot vositalari hamda aloqa sohalarini o'z ichiga oladi.

Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun 2022 yilning 15 va 17 may kunlari Turkiyaga ilk tashrifini amalga oshirgandi.

Ushbu tashrif doirasida ikki davlat oʻrtasidagi Qoʻshma hamkorlik kengashining birinchi majlisi boʻlib oʻtgandi.

Tashrif munosabati bilan koʻplab sohalarni qamrab olgan bir qator memorandumlar imzolangandi.


Tanlangan kalimalar: #Jazoir , #Turkiya

Aloqador xabarlar