Turkiya Eronda uyushtirilgan teraktni qoraladi

Turkiya kecha Eronda, Qosim Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yo‘lida uyushtirilgan teraktni qoraladi.

2084063
Turkiya Eronda uyushtirilgan teraktni qoraladi

Turkiya kecha Eronda, uyushtirilgan teraktni qoraladi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Kermanda uyushtirilgan terakt oqibatida ko‘pchilikning qurbon bo‘lgani va tan jarohati olgani haqidagi xabar chuqur qayg‘u bilan olingani qayd etildi.

Unda shuningdek:

“Ushbu jirkanch terror hujumini keskin qoralaymiz, doʻst va qardosh Eron xalqi va hukumatiga hamdardlik bildiramiz. Hujumda halok boʻlganlarga Ollohdan rahmat, tan jarohati olganlarga shifo tilaymiz”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Eslatib o‘tamiz:

Bundan 3 yil muqaddam, 2020 - yilning 3 - yanvari kuni AQShning Bog‘doddagi hujumida o‘ldirilgan Eron Inqilobi muhofizlari korpusi, al – Quds bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy vafotining 4 – yilligi munosabati bilan kecha uni yodga olish marosimi uyushtirildi. Ushbu marosim paytida Qosim Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yo‘lida ikkita portlash yuz berdi va oqibatida  95 kishi halok bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Eron , #Qosim Sulaymoniy , #terakt

Aloqador xabarlar