Turkiya, Pokistonda 23 askarning shahid bo'lgan terror hujumini qoraladi

“Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Xayber-Paxtunxva viloyatining Dera Ismoil Xon tumanida sodir etilgan teraktda. 23 nafar askarning shahid bo‘lganini chuqur qayg‘u bilan bildik.

2075980
Turkiya, Pokistonda 23 askarning shahid bo'lgan terror hujumini qoraladi

 

Turkiya, Pokistonda 23 askarning shahid bo'lgan terror hujumini qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qilingan yozma bayonotda,

“Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Xayber-Paxtunxva viloyatining Dera Ismoil Xon tumanida sodir etilgan teraktda. 23 nafar askarning shahid bo‘lganini chuqur qayg‘u bilan bildik. Ushbu dahshatli terror hujumini qoralaymiz, shahid bo‘lgan askarlarni Alloh rahmatiga olgan holda ularning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz”.

Bayonotda, shu munosabat bilan terrorizmga qarshi birgalikda kurash olib borishda Pokiston hukumati va xalqi bilan birdamlik yana bir bor ta'kidlandi.

Pokistonning Xayber Pakhtunkhva viloyatida xavfsizlik nuqtasiga bomba yuklangan vosita bilan uyushtirilgan xudkush hujumda 23 askar shahid bo'ldi, 6 nafar jangari yo’q qilindi.

Ayni hududning turli joylarida sodir bo'lgan to'qnashuvlarda 2 askar hayotdan ko'z yumdi, 21 nafar jangari ta'sirsiz holga keltirildi. Pokiston Toliboni (TTP) bilan aloqador "Tehrik-e-Jihod Pakistan (TJP)" tashkiloti hujum uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qoraladi , #terror hujumi , #Pokiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar