Altun: «Isroilning yuzlab yolg‘onini fosh qildik».

Faxrettin Altun, «TRT World Forum 2023» ochilishida so‘zlagan nutqida dezinformatsiyaga to‘xtaldi.

2075114
Altun: «Isroilning yuzlab yolg‘onini fosh qildik».

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Faxrettin Altun, Isroilning yuzlab yolg‘onini fosh qilganliklarini qayd etdi.

Faxrettin Altun, «TRT World Forum 2023» ochilishida so‘zlagan nutqida dezinformatsiyaga to‘xtaldi.

Altun unda hoh global pandemiya, hoh Qorabog‘ urushi; hoh Rossiya - Ukraina urushi hoh Isroilning 7 - oktabrdan beri G‘azoda qo‘l urgan va muntazam ravishda davom etgan zulm va qatliomlarida to‘g‘ri strategik aloqalar orqali dezinformatsiyaning global va mintaqaviy kuch kurashlarida zaharli qurolga aylanishiga monelik qilish imkoni borligini ifoda etdi.

Isroilning G‘azoda go‘daklar, bolalar, ayollar, qariyalar va mazlumlar bilan birga haqiqatni ham o‘ldirish payida ekaniga e’tibor qaratgan Altun, Isroil amalga oshirayotgan vahshiylik va qirg‘inga yetaklagan qatliomlarni yashirish uchun muntazam ravishda yolg‘on va chalg‘ituvchi xabarlar chiqarib, ularni yoyishga uringanini ta’kidladi.

Isroilning dezinformatsion hujumlariga qarshi kurashish uchun haftada 7 kun 24 soat ishlaydigan ishchi guruh tashkil etganliklarini yodga solgan Faxrettin Altun:

“Isroilning yuzlab yolg‘onini fosh qildik. Ham milliy ham da xalqaro miqyosda Isroil yolg‘onlarini o‘rtaga qo‘ydik. Uning o‘rniga to‘g‘ri ma’lumotlarni bo‘lishdik. Qilgan har bir ishimiz, Isroilning qonuniylik inqirozini chuqurlshtirdi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar