Erdo'g'anning Afinaga tashrifi Gretsiya matbuotida keng yoritildi

Mahalliy nashrlar Erdo'g'anning mamlakatga tashrifi ijobiy muhitda o'tganini va ikki tomonlama munosabatlar uchun yangi sahifa ochilish sifatida baholanishi mumkinligini yozdi.

2074138
Erdo'g'anning Afinaga tashrifi Gretsiya matbuotida keng yoritildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'anning Afinaga tashrifi Gretsiya matbuotida keng yoritildi.

Mahalliy nashrlar Erdo'g'anning mamlakatga tashrifi ijobiy muhitda o'tganini va ikki tomonlama munosabatlar uchun yangi sahifa ochilish sifatida baholanishi mumkinligini yozdi.

Telekanallar Erdo'g'anning tashrifini jonli efirda birma-bir yoritib berar ekan, xabar saytlari tashrif bilan bog'liq tafsilotlarni batafsil berib bordi.

Kathimerini gazetasining internet sahifasida e'lon qilingan "Erdog'an tashrifining ijobiy muhiti tasvirlarda" sarlavhali xabarda, tashrifning ijobiy muhiti fotosuratlarda aks etganiga diqqat qaratdi. Gazeta ushbu ijobiy muhitni aks ettiruvchi 12 ta maxsus fotosuratni namoyish qildi.

Mamlakatning eng ko'p o'qilgan xabar portallaridan biri "in.gr" tashrif bilan bog'liq maxsus xabarida "Mitsotakis va Erdo'g'andan birdamlik xabarlari" sarlavhasini tanladi. Xabarda Prezident Erdo'g'anning Afinaga tashrifi do'stona muhitda o'tgani ta'kidlandi.

“CNN Greece” xabar portali “Erdo'g’anning Afinadagi 7 soati: Kelishuvlar va va’dalar” sarlavhali xabarida Prezident Erdo'g’anning Afinaga tashrifini “tarixiy” deb baholadi va buning har ikki davlat uchun ham ijobiy baholanishi mumkinligini yozdi.

"Etnos" gazetasi, Turkiya va Gretsiyaning ko'p yillik taranglikdan keyin munosabatlarda yangi sahifa ochganiga diqqat qaratdi.

Prezident Erdo'g’anning Afinaga tashrifi xalqaro matbuotda ham muhim o’rin egalladi.

Yunoniston davlat televideniyesi ERT, Oliy Darajali Hamkorlik Kengashi (HLCC) yig'ilishlari doirasida tuzilgan kelishuvlar haqida tafsilotlarni o'rtoqlashdi va Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning bahorda Anqaraga tashrif buyurishni rejalashtirganini ma'lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar