Turkiya bilan Qatar o‘rtasida 12 ta shartnoma imzolandi

Erdo‘g‘an va Al-Sani ishtirokida ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

2072770
Turkiya bilan Qatar o‘rtasida 12 ta shartnoma imzolandi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va Qatar Amiri Shayx Temim bin Hamad Al-Sani ishtirokida Turkiya bilan Qatar o‘rtasida turli sohalarda 12 hamkorlik bitimi hamda Oliy strategik qo‘mita 9-yig‘ilishining Qo‘shma deklarasiyasi imzolandi.

Prezident Erdog‘an va Qatar Amiri Shayx Al-Sani, Lusail saroyidagi yuzma-yuz uchrashuvdan so‘ng Turkiya-Qatar Oliy strategik qo‘mitasining 9-yig‘ilishiga raislik qildi.

Uchrashuvdan so‘ng Erdo‘g‘an va Al-Sani ishtirokida ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar yakunlangach, Erdo‘g‘an sharafiga tantanali ziyofat uyushtirilgan.

Turkiya yetakchisining Qatarga safarida uning rafiqasi – Birinchi xonim Emina Erdo‘g‘an, Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayroqdor, Moliya va g‘aznachilik vaziri Mehmet Shimshek, Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler, Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fotih Kajir, Prezident ma’muriyati Aloqa bo‘limi rahbari Faxriddin Altun, Milliy razvedka boshqarmasi rahbari Ibrohim Kalin, Mudofaa sanoati vaziri Haluk Gerg‘un, Prezidentning bosh maslahatchisi Akif Chag‘atay Qilich, hukumat va parlament a’zolari hamrohlik qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Qatar , #Turkiya

Aloqador xabarlar