O‘zhaseki bilan Guliyev Kahramanmarashdagi loyihalarni baholadi

Mehmet O‘zhaseki bilan Anar Guliyev, Ozarbayjon tomonidan yo‘lga qo‘yiluvchi Kahramanmarashdagi loyihalarni baholadi.

2058302
O‘zhaseki bilan Guliyev Kahramanmarashdagi loyihalarni baholadi

Atrof - muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vaziri Mehmet O‘zhaseki, Ozarbayjon davlat shaharsozlik va arxitektura qo‘mitasi raisi Anar Guliyev bilan Ozarbayjon tomonidan Turkiyaning Kahramanmarash viloyatida quriladigan turar - joylar bilan bog‘liq ishlarni baholadi.

O‘zhaseki, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mavzu haqida bergan bayonotida:

“Ozarbayjon Davlat shaharsozlik va arxitektura qoʻmitasi raisi, aziz birodarimiz Anar Guliyev va uning hamrohligidagi delegatsiya bilan uchrashdik. Qiyin kunlarda hamisha biz bilan birga boʻlgan Ozarbayjonning, mamlakatimizda quradigan qarorgohlari borasidagi faoliyatlarni baholadik. Bir millat, ikki davlat shiori ostida ozarbayjonlik qardoshlarimiz bilan yelkama – yelka bo‘lishni davom etamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar