Saudiya Arabistoni Turkiyaga gumanitar yordam yubordi

Saudiya Arabistoni rasmiy xabar agentligi SPAning xabar berishicha, 27 tonnadan ortiq tibbiy asbob va jihozni olib ketayotgan 19-samolyot poytaxt Riyoddagi Xalqaro Qirol Xolid aeroportidan Gaziantep aeroportiga tomon parvoz qildi.

2020994
Saudiya Arabistoni Turkiyaga gumanitar yordam yubordi

 

Saudiya Arabistoni Turkiya va Suriyada sodir bo'lgan dahshatli zilzilalardan jabrlanganlarga gumanitar yordam yubordi.

Saudiya Arabistoni rasmiy xabar agentligi SPAning xabar berishicha, 27 tonnadan ortiq tibbiy asbob va jihozni olib ketayotgan 19-samolyot poytaxt Riyoddagi Xalqaro Qirol Xolid aeroportidan Gaziantep aeroportiga tomon parvoz qildi.

Ta'kidlanishicha, gumanitar yordamlar ortilgan samolyot Saudiya Arabistoni tomonidan Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari uchun tashkil etilgan "yordam ko'prigi" doirasida yuborilgan.

Saudiya Arabistoni shanba kuni ham Turkiyaga gumaniyat yordam yuborgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar