2-Armiya qo'mondoni general Metin Gurak Bosh shtab boshlig'i etib tayinlandi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an boshchiligida poytaxt Anqaradagi Prezidentlik majmuasida Oliy harbiy kengash yig’ilishi o’tkazildi.

2019961
2-Armiya qo'mondoni general Metin Gurak Bosh shtab boshlig'i etib tayinlandi

 

2-Armiya qo'mondoni general Metin Gurak Bosh shtab boshlig'i etib tayinlandi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an boshchiligida poytaxt Anqaradagi Prezidentlik majmuasida Oliy harbiy kengash yig’ilishi o’tkazildi.

Erdog’an OHK yig’ilishida qabul qilingan qarorlarni ma’qulladi.

Shunga ko'ra 2-Armiya qo'mondoni general Metin Gurak Bosh shtab boshlig'i etib tayinlandi.

Bosh shtab 2-boshlig'i general Selchuk Bayraktarog'lu quruqlik qo'shinlari qo'mondonligiga, Jangovar havo kuchlari qo'mondoni general Ziya Jemal Kadio’g'lu esa havo kuchlari qo'mondonligiga tayinlandi.

OHK qarori bilan 2023-yil 30-avgustdan kuchga kiradigan  32 nafar general va admiral yuqori martabaga, 63 nafar polkovnik esa general va admiral darajalariga koʻtarildi.



Aloqador xabarlar