Erdo'g’an Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan muloqot qildi

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida suhbat avvalida Erdo'g'anni prezidentlikka qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi.

2007926
Erdo'g’an Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida bilan telefon orqali muloqot qildi.

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida suhbat avvalida Erdo'g'anni prezidentlikka qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi.

Turkiya-Yaponiya strategik sherikligining bu yil o'n yilligi, kelasi yili diplomatik aloqalar o'rnatilganining 100 yilligi nishonlanishini eslatgan Prezident Erdo'g’an, iqtisodiyot, energetika, qishloq xo’jaligi, ta’lim, mudofaa, tabiiy ofatlarni boshqarish, ilm-fan va texnologiya kabi keng ko’lamli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni ilgari surish istagida ekanligini ta’kidladi.

6-fevral kuni Turkiya janubida sodir boʻlgan “asr falokati” - dahshatli zilzilalardan so'ng Yaponiya tomonidan koʻrsatilgan qoʻllab-quvvatlash va birdamlikning ahamiyatiga to'xtalgan Erdo'gʻan, Yaponiya Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashiga ham aniq hissa qo'shishiga ishonganini aytdi.

Prezident Erdo'g’an suhbat chog’ida Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisidani Turkiyaga taklif qildi.


Tanlangan kalimalar: #Fumio Kisida , #Yaponiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar