Prezident Erdo'g'an, burg'ulash orqali tabiiy gaz topganliklarini bildirdi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, neft va tabiiy gaz qidiruvi haqida, "G'arbiy Qoradengiz mintaqasidagi qidiruvlarimizni O'rta va Sharqiy Qora dengiz mintaqalariga o'tkazdik dedi.

1991502
Prezident Erdo'g'an, burg'ulash orqali tabiiy gaz topganliklarini bildirdi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, neft va tabiiy gaz qidiruvi haqida,

"G'arbiy Qoradengiz mintaqasidagi qidiruvlarimizni O'rta va Sharqiy Qora dengiz mintaqalariga o'tkazdik. Ayniqsa, O’rdu va Kastamo’nu dengizlarida intensiv burg'ulash ishlarimiz bor". dedi.

Erdo'g'an, televideniye dasturidagi nutqida, burg'ulash orqali tabiiy gaz topganliklarini bildirdi.

"Albatta bu yerda muhim narsa zaxira . Hozir birinchi navbatda Qora dengiz, Sakarya. Hozir  esa  O’rdu va Rize masalalari  bor dedi.

O’rdu va Rizeda birida neft, birida ham  tabiiy gaz bor. Agar bu yerda zaxirani yaxshi ushlasak, O’rduda ham, Rizeda ham juda boshqacha salohiyatga erishamiz”, dedi u.

Maqsadlari mamlakat boyligini millat bilan bo'lishish ekanini ifoda etgan Prezident Erdo'g'an:

“Biz G‘arbiy Qora dengizdagi qidiruv ishlarini (neft-tabiiy gaz) O‘rta va Sharqiy Qora dengiz mintaqalariga o‘tkazdik.

Ayniqsa, O’rdu va Kastamo’nuda jadal burg'ulash ishlari olib borilmoqda.  Gabardagi shahidimiz Esma Chevik konining topilishi bilan biz qidiruv va burg'ulash faoliyatimizni kuchaytirdik.

Biz esa Turkiya tarixidagi eng katta kashfiyotni shu sohaga yaqin hududda qildik. Bu maydonni shahid ustoz Aybuke Yalchin deb nomladik.

Bu yerda, yangi burg'ulashlar bilan biz kuniga 100 ming barrel neft ishlab chiqaramiz, "qarang, bu juda muhim"

Bu ajoyib boylik. Bugun biz neft qidirayotgan o'sha tog'larda bir vaqtlar  terrorchilar aylanib yurgan edi. Va shuning uchun bu yerda bunday tadqiqotlar o'tkazilmadi." deya ta’kidladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kashfiyot , #tabiiy gaz , #Neft , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar