Turkiya bugun «Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami»ni nishonlamoqda

«23-aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami» mamlakat bo‘ylab keng nishonmoqda.

1978346
Turkiya bugun «Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami»ni nishonlamoqda
23 nisan.jpg
sentop 23 nisan.jpg

Turkiyada bugun, «23-aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami» mamlakat bo‘ylab keng nishonmoqda.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) ochilishining 103-yilligida “23-aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami” munosabati bilan marosimlar uyushtirilmoqda.

Poytaxt Anqaradagi marosimlarning birinchi manzili Turkiya Respublikasining asoschisi, Mustafa Kemal Ataturkning so‘nggi dam olish maskani Anitkabir bo‘ldi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shento‘p yetakchiligidagi rasmiy hay’at, Ataturk xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Marosimda vitse-prezident Fuat O‘ktay, Jumhuriyat Xalq partiyasi (JHP) raisi Kemal Kilichdaro‘g‘lu, vazirlar va deputatlar ham ishtirok etdilar.

Majlis raisi Ataturk maqbarasiga qizil va oq chinnigullar bilan bezalgan gulchambar qo‘yar ekan ortidan, bir daqiqalik sukut saqlandi, shu payt Davlat madhiyasi yangradi.

Keyin Mustafa Shento‘p, Anitkabirdagi shaxsiy daftarchani imzoladi.

Mustafa Shento‘p unda:

“Qutqaruvchi, asoschi va g‘oziy unvonlariga ega boʻlgan Turkiya Buyuk Millat Majlisi xalqimiz olgan kuchni avvalom bor, xalq va vatan tushunchasi bilan demokratiya va respublika tuzumini ham qarorlilik ila davom ettiradi. Bundan hech kimning zarracha shubhasi bo‘lmasin”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Bugun ertalab Turkiya Respublikasi Milliy ta’lim vaziri Mahmut Oʻzer ham poytaxt Anqaraga mamlakatning 81 viloyatidan kelgan bolalar bilan «23-aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami» munosabati bilan Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafa Kemal Ataturk qabrini, Anitkabir yodgorlik majmuasini ziyorat qilgandi.

Anitkabir maxsus daftarchasiga his-tuygʻu va fikrlarini yozib qoldirgan Milliy ta’lim vaziri Oʻzer unda:

“Milliy taʼlim vaziri sifatida yangi avlodni taʼlim bilan ulugʻlash yoʻlimadiz. Chuqur ildiz otgan o‘tmishimiz boyligini ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va texnika bilan uyg‘unlashtirib, bolalarimiz bu go‘zal Vatanni siz ko‘rsatgan zamonaviy madaniyatlar darajasining yuqori choʻqqisiga ko‘taradi”. –degan ifodalarga oʻrin berdi.

Anitkabir, rasmiy maromilar ortidan ziyoratchilar uchun ochildi.



Aloqador xabarlar