Chavusho’g’li:"Turkiya dunyoning energiya ta’minotida muhim aktyorga aylandi"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li ushbu so'zlarni kecha Isparta viloyatidagi tadbirda so'zlagan nutqida tilga oldi.

1976786
Chavusho’g’li:"Turkiya dunyoning energiya ta’minotida muhim aktyorga aylandi"

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Turkiya dunyoning energiya ta’minotida muhim aktyorga aylanganini aytdi.

Chavusho’g’li ushbu so'zlarni kecha Isparta viloyatidagi nutqida tilga oldi.

"Biz global kuchga aylanishni xohlaymiz. Bir tomondan, Turkiyadan o'tgan quvurlar, Turkiyadagi stantsiya va terminallar, dunyoning turli burchaklaridan tankerlar bilan o'z mahsulotimizni olib kelib, Yevropa va Bolqon davlatlariga tabiiy gaz sotishni boshladik. Biz dunyoni, ayniqsa Yevropani energiya bilan ta’minlashda muhim davlatga aylandik. Ozarbayjon, Turkmaniston va boshqa qardosh davlatlar bilan ham shunday”,-deydi Mavlud Chavushog'li.

Turk dunyosining yanada kuchli bo’lishi tarafdori ekanini ifoda etgan Chavusho’g’li, hech kim bilan raqobatlashmaganligini, biroq Turk dunyosining dunyodagi mavqei yanada kuchli bo’lishi kerakligini ta’kidladi.

Dunyo juda murakkab og'ir davrdan o'tayotganini tilga olgan Chavusho'g'li,

"Hozir biz bir qutblilikdan ko'p qutblilikka o'tmoqdamiz. Boshqa tomondan, katta raqobat, noaniqliklar, ziddiyatlar, inqirozlar, nizolar, urushlar bor. Bunday vaziyatda mamlakatimiz va millatimiz ancha kuchli va barqaror bo'lishi kerak",-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #Turkiya

Aloqador xabarlar