Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar 10 nafar terrorist yo’q qilindi deb bildirdi

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar, bo’lginchi terror tashkiloti PKK/YPGning Suriya shimolidagi hujumi ikki barobarga oshirilgani va 10 nafar terroristning  yo’q qilinganini  ma’lum qildi.

1976055

Akar, Suriya shimolidagi Zaytun novdasi va Firat qalqoni bazasi hududlarida uyushtirilgan terror hujumlari haqida bayonot berdi.

Vazir Akar o'z nutqida ma'lum bo'lgan barcha terror nishonlari o'qqa tutilganini ta'kidladi.

"4 nafar yaradorimiz bor, ularni davolash davom etmoqda. Terrorchilarning yagona najot yo'li adolatga taslim bo'lishdir. 10 nafar terrorist  yo’q qilindi". dedi.

Akar,

"Bizning yagona maqsadimiz millatimizga qurol tortgan terroristlarga qarshi. Biz chegaralarimizni himoya qilish va xavfsizligi uchun kurashimizni qat'iyat bilan davom ettirishga qaror qildik". Deya qayd etdi.

Aloqador xabarlar