Erdo‘g‘an: Tabiiy ofat yuz bergan hududlarda qurilish ishlari boshlagan uylar soni 100 mingga yetdi

Prezident Erdo‘g‘an Turkiyaning Ko‘jaeli viloyatidagi Kongress markazida yer silkinishidan jabr ko‘rgan yurtdoshlari bilan birgalikda iftor dasturhonida uchrashdi.

1975455
Erdo‘g‘an: Tabiiy ofat yuz bergan hududlarda qurilish ishlari boshlagan uylar soni 100 mingga yetdi
erdogan kocaeli iftar.jpg
erdogan kocaeli iftar.jpg
erdogan kocaeli iftar.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an vaqtni qo‘ldan boy bermay, tabiiy ofat yuz bergan hududlardagi uy qurilishlari poydevorini qo‘yganliklari va kechadan e’tiboran qurilish ishlari boshlagan uylar soni 100 mingga yetganini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an Turkiyaning Ko‘jaeli viloyatidagi Kongress markazida yer silkinishidan jabr ko‘rgan yurtdoshlari bilan birgalikda iftor dasturhonida uchrashdi. Mazkur dastur doirasida nutq so‘zlagan Erdo‘g‘an ishtirokchilarni Ramazon oyi bilan tabriklab, ular bilan uchrashganidan xursandligini ifoda etdi.

Bu yil Ramazon oyini ayniqsa yer silkinishidan jabr ko‘rganlar bilan o‘tkazishga harakat qilganini bildirgan Erdo‘g‘an:

“Vaqtni qo‘ldan boy bermay, tabiiy ofat yuz bergan hududlardagi uy qurilishlari poydevorini qo‘ymoqdamiz. Kechadan e’tiboran qurilish ishlari boshlagan uylar soni 100 mingga yetdi. Hayitda ham tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan yurtdoshlarimizni yolg‘iz qo‘ymaymiz. Qurilishi tamomlangan qishloqdagi uylarning ba’zilarini foydalanishga topshiramiz. Ofatda uyi yiqilgan, yaqinidan ayrilgan, tuzgan sharoitlari buzilgan qardoshlarimiz, bu faoliyatlarni ko‘rgan sari hayotini qayta tiklash uchun kuch va jasorat topmoqda”.-dedi.



Aloqador xabarlar