Milliy Mudofaa Vaziri Akar, Ozarbayjon Mudofaa vaziri general Hasanovga ta’ziya bildirdi

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar, Arman unsurlari bilan to’qnashuvda 3 nafar Ozarbayjon askarining shahid bo’lgani uchun Ozarbayjon Mudofaa vaziri general Zakir Hasanovga ta’ziya bildirdi.

1975323

Vazirlik mutasaddilaridan olingan ma'lumotga ko'ra, Akar, 11 aprel kuni Ozarbayjon-Armaniston chegara chizig'ida arman unsurlar bilan sodir bo'lgan to'qnashuvda 3 nafar Ozarbayjon askari shahid bo'lgani uchun Hasanovga ta'ziya maktubi yo'lladi.

“Aziz birodarim” iborasi bilan boshlangan maktubida Akar, Ozarbayjon xalqi boshdan kechirgan dardga chin dildan sherik ekanligini ta’kidlab, shunday dedi:

"Turkiya va Ozarbayjon 'ikki davlat, bir millat' tushunchasi bilan qayg'u va quvonchda birga. Shu paytgacha qilganimizdek, shahidlarimizning haqli kurashlarida ham bor imkoniyatimiz bilan birga bo'lishga davom etamiz. Dardga sherikman. Qardosh Ozarbayjon xalqi va Mudofaa vazirligining qimmatli xodimlariga hamdardlik bildiraman”.deb bildirdi.

Aloqador xabarlar